23 yoşli Abdurasul Ahmadjonov asosiy işidan qaytgaç, keçki payt Farğona şahridagi kafelardan birida ofitsiantlik qilayotgan edi. 12 aprel kuni 21:10 lar çamasi u va xöranda(lar) örtasida janjal çiqadi, oqibatda ofitsiant reanimatsiyaga yotqizilib, keyinroq vafot etadi.
Marhumning onasi faqat bir kişi javobgarlikka tortilayotganidan şikoyat qilib, Kun.uz'ga murojaat qildi. U baquvvat farzandini bir neça kişi tepkilagan deb hisoblayapti. Ammo guvohlar buni rad etdi.
Şunisi ma’lumki, oğzaki janjal asnosida Temur ismli yigit Abdurasulning jağiga muşt tuşirgan, u esa zarbdan yiqilgan (kafelga boşi bilan tuşgani aytilyapti) va şifoxonaga olib borilib, uç marta jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgan. Ammo jarohat jiddiyligi sabab, 10 kun huşsiz yotgan bemor vafot etgan.

Onasi Gulnoza Isomiddinovaning aytişiça, farzandi huşiga kelgan paytda imo-işora bilan uni 5-6 kişi kaltaklaganini aytgan. Ona videokamera yozuvlaridan kelib çiqib, farzandi yiqilganidan keyin bir neça kişi uning boşiga, qorniga tepgan deb hisoblayapti va nafaqat asosiy ayblanuvçi (u hozirda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan), balki uning şeriklari ham javobgarlikka tortilişi kerakligini aytmoqda.
“Öğlim unga muşt tuşirişganida betonga orqa miyasi bilan tuşgan. Şunda ham yotgan joyida borib kaltaklaşgan. Haqiqat qaror topişini xohlayman.
Öğlimni “gruppavoy” bölib vahşiylarça öldirişdi. Eng alam qilgani, faqat bittasini aybdor qilişyapti. Qolganlar ham javob berişi kerak”, – deydi Gulnoza Isomiddinova.

Voqea guvohlaridan biri, kafeda ofitsiant bölib işovçi Samir Saidov biz bilan suhbatda marhum Abdurasul Ahmadjonov yuziga tuşgan muşt zarbidan yerga yiqilgani, şundan keyin uni heç kim qaytib kaltaklamaganini bildirdi.
“Abdurasul aka kafeda ofitsiant bölib işlardi. Öşa kuni u kafega mijoz bölib kelgan sinfdoşim bilan urişib ketdi. Keyin bir-birlarini çetga tortişayotganiga közim tuşdi.


















