Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida 1-chorak davomida hokimlarning 40 ta qarori bekor qilingan
Andijon viloyati sudining 2021 yil 1-chorakdagi faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda kun.uz muxbiri ishtirok etib, bir qancha savollarga javob oldi.
Andijon viloyat, tumanlararo ma'muriy sudlari tomonidan joriy yilning shu davriga qadar hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq 95 ta ish ko‘rilgan.
Ushbu sud ishlarining 40 tasi qanoatlantirilgan, 43 tasi rad qilingan, 7 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 5 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.
Tuman va shahar hokimliklari kesimida tahlil qilinganda Jalaquduq tuman hokimligining 8 ta, Marhamat tuman hokimligining 7 ta va Andijon shahar hokimligining 5 ta qarorlari bekor qilingan va ular bu borada “yetakchi”.
Shuningdek, Andijon tuman hokimligining 3 ta, Buloqboshi tuman hokimligining 2 ta, Izboskan va Qo‘rg‘ontepa tuman hokimliklarining 4 ta, Oltinko‘l tuman hokimligining 3 ta, Baliqchi, Bo‘ston va Paxtaobod tuman hokimliklarining 1 tadan qarorlari bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kun.uz surishtiruvidan so‘ng Andijon shahar hokimining yer ajratish haqidagi noqonuniy qarori bekor qilingan edi va bu holat birinchi marta emasligi haqida xabar qilgan edik.
Mavzuga oid
20:05 / 10.04.2026
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
18:16 / 08.04.2026