Kun.uz olis hududlarda istiqomat qilib kelayotgan qişloq ahli hayoti haqida lavha tayyorlaşda davom etadi. Navbatdagi manzil Farğona viloyati, Oltiariq tumanidagi Yangiarab qişloği böldi.


Yangiarab qişloğining xonadonlaridan biriga erta tongdan kirib bordik. Qişloq allaqaçon uyğongan, xörozlarning qiçqirişi quloqqa çalinadi...


Tong saharda hovli içkarisida bizni xonadon sohibi Ilhomjon Dadaboyev kutib oldi. Duodan söng xonadon sohibining öğillari Hasanboy va Husniddin bilan bodring ekilgan issiqxonaga kirdik.



Haş-paş degunça ikki qop bodring uzildi. Bodringlar çelaklarga solinib hovli sahniga tökib kelindi. Aka-uka Hasanboy va Husniddin maxsus sellofan qopga bodringlarni joylay boşlaşdi.


Oilaning yana bir a'zosi Husanboy esa bu vaqtda xamirdan zuvala yasab, non yopişga hozirlik körardi. Oila yaqinda köça tomonga tandir qurib, novvoylikni ham boşlagan ekan.

Aka-ukalar yangi uzilgan bodringlarni qopga joylagandan söng birgalaşib uni sotgani bozorga olib ketdik. Hovlidan taxminan 5 km uzoqlikda Eskiarab qişloğida ulgurji bodring bozori bölib, oltiariqliklar tong sahardan bodring bozorga borişar ekan. Ikki köça atrofida tumonat odam töplangan. Kimdir bodring sotar, yana kimlardir bodring oliş uçun dehqon bilan narx talaşardi.


























