Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asakada bank foydasiga 446 ming AQSh dollaridan ortiq qarzdorlik evaziga jamiyatning bino-inshootlari undirildi
Andijon viloyat iqtisodiy sudining qaroriga asosan AT "Asakabank" Andijon viloyat filiali foydasiga “Barkamol avlod qalqoni” MChJdan 446 ming 400 AQSh dollari miqdorida qarzdorlikni undirish va qarzdorlikni jamiyat balansidagi ma'muriy va ishlab chiqarish bino-inshootlariga qaratish belgilangan.
Sudning mazkur qaroriga asosan Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish haqida qaror qabul qilib, bu haqda taraflarga ma'lum qilingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Asaka tuman, “A.Temur” MFYda joylashgan bino-inshootlari xatlanib, band solingan.
Mazkur inshootlar dastlabki bozor qiymatida baholanib, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.
Avvalroq, Qo‘rg‘ontepada 14 nafar aliment to‘lamagan otalar qamalganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 24.04.2026
Aliment qarzi bor shaxslarga ayrim bitim va xizmatlar cheklanadi
09:00 / 22.04.2026
Ayrim qarzdorliklar soddalashtirilgan tartibda undiriladi
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
16:05 / 23.02.2026