Davronbek Turdiyev suhbat davomida miyaning biz bilmagan, aqlbovar qilmas imkoniyatlari, qanday qilib kuçli xotira egasi böliş mumkinligi hamda yoşlar uçun kimlar namuna böla olişlari haqida öz fikr va mulohazalarini bildirib ötdi.
Mnemonika böyiça jahon çempionatiga borişga xohiş qaçon boşlangan?
Internetda ötirganimda, bir insonni körib qoldim. U insonning ismi – Ben Predmer. Yoşi katta inson bölişiga qaramay, raqamlarni, kartalarni tezlikda eslab qolmoqda. Ha, demak, bu böyiça bor ekan jahon çempionati dedim va fikr uyğondi. Borişga harakatlarni boşladim. Tez eslab qoliş böyiça tizimlar tuzişga harakat qildim. Mnemonika böyiça heç kim Özbekistondan çempionatga bormagan deb öylagan edim. Lekin andijonlik bir bola borgan ekan, u bilan boğlandim. Toşkentga kelib, ulardan çempionatga qanday qilib boriş böyiça maslahatlar oldim. Qarasam, transport uçun 1500 dollar mablağ kerak. Uydagilardan söray olmadim, çunki ularning özlari bunga qarşilik bildirib, undan köra uylanişim, boşqa iş topişim kerakligini aytişar edi. Çempionatga borganimda pul yutmasligimni bilar edim. Tayyorlaniş jarayonida hokimiyatga borişim uçun yordam sörab murojaat qilganman, qolganini qarz kötarib töpladim.
Bilet ham sotib oldim Xitoyga. Bormoqçi bölib turganimda vizam çiqmadi. Faqatgina guruh bölib ketadiganlar uçun berilayotgan edi. Futbolçi Odil Ahmedov bilan ham telefonlaşib, viza masalasi böyiça yordam söragan edim. Uning qarindoşi men öqituvçilik qilgan maktabda öqir edi. Biroq u ham bu paytda ilojsiz ekanligini aytdi. Oxiri hokimiyatga borib, Taşqi işlar vazirligiga viza böyiça xat qilib berişlarini sörab murojaat qildim. 1 oy çiqadigan viza uçun 1 haftagina vaqtim qolgan edi. Taşqi işlar vazirligi 3 kunda viza olişimga yordam berişdi. Xitoy elçixonasidan vizamni qölimga oldim-u, faqat yiğlamadim, xolos.

Rossiyaning «Ğaroyib insonlar» körsatuvida qay tarzda ğolib bölgansiz?
Bir kuni eslab qoliş böyiça çempionatga borib kelgan bir yigit bilan suhbatlaşdim. U meni Rossiyaning «Ğaroyib insonlar» («Udivitelnyye lyudi») körsatuvida çiqişga harakat qilib körişimni aytdi. Nima qiliş kerakligini söraganimda, uç yuzta tovar ştrix kodini eslab qoliş kerak ekan. Içimda qila olmasam kerak deb öyladim. Lekin borişni istadim. Men öşa payti özimga nisbatan yaxşi munosabatni sezdim, alohida maşina bilan kutib olişib, yaxşi muomala qilişdi. S'yomka kuni birinçi bölib men çiqişimni aytişdi va tovar ştrix kodlarini yodlab körsatuv söngida aytib berişimni aytişdi. Sahnaga çiqdim, şou boşlandi. 250 ta tovar ştrix kodlarini yodlaşdi boşladim. Öşa payti şu işni qila olişimga işongan edim. U yerda şovqin, boşlovçining tinimsiz savol berişi xalaqit berdi, xolos. Diqqatimni jamlaşimni qiyinlaştirdi. Yodlab bölganimdan söng, sahnaga qayta çiqib aytib berişni boşladim. Ehtiyotkorlik bilan aytişga harakat qildim. Söngida bitta predmetni töğri aytsam böldi, edi. Oxirida biroz tovar raqamiga ikkilandim. Töğri topdim, zal turib olqişladi. Nima bölayotganiga hayron qoldim. Bunday hissiyot menda boşqa bölmagan edi. Oldimga sertifikat va mukofot puli olib kelişdi.












