Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pop - Namangan - Andijon temir yo‘l liniyasi poyezdlar harakati uchun vaqtincha to‘xtatiladi
Pop — Namangan — Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish obektidagi Namangan — Chortoq bekatlari oralig‘idagi ko‘prik qayta ta'mirlanishi sababli joriy yil 17 maydan 7 iyungacha qurilish montaj ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt oralig‘ida yuk va yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu haqda Andijon viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent — Namangan — Andijon yo‘lovchi poyezdlar qatnovi Toshkentdan Namangan bekatigacha hamda Qo‘qon — Namangan — Andijon shaharlararo qatnovchi elektropoyezd Namangan bekatigacha amalga oshiriladi.
Yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarining yo‘nalishi Pop — Qo‘qon — Marg‘ilon — Andijon yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:58 / 16.12.2025