Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda rekord miqdorda geroin moddasi aniqlandi
Qirg‘izistonda yirik partiyada geroin moddasi musodara qilindi. Ma'lum qilinishicha, topilgan geroin 440 kgdan ko‘proqni tashkil qilgan.
Foto: Videodan kadr
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ta'kidlanishicha, O‘sh viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida giyohvand moddani yashirish uchun maxsus pana joylar bilan jihozlangan yuk mashinasi ushlangan. Mashina ko‘zdan kechirilganda unda 440 kgdan ko‘proq geroin moddasi aniqlangan. Musodara qilingan giyohvand moddaning qora bozordagi narxi 20 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Qo‘mitaning ma'lum qilishicha, shu tariqa Yaqin Sharqdan Markaziy Osiyo davlatlari orqali Yevropa davlatlariga og‘ir giyohvand moddalar yetkazilgan yirik xalqaro narkokanalni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinib, Qirg‘izistonning 2 fuqarosi hibsga olingan. «Ayni vaqtda ushbu narkokanalga aloqador barcha shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlari o‘tkazilmoqda», deb ma'lum qilingan xabarda.
Qo‘mitada ta'kidlanishicha, bu Qirg‘izistonning yangi tarixida yo‘q qilingan eng yirik narkokanal va musodara qilingan rekord miqdordagi og‘ir narkotik hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026