Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar qilinishi kerak bo‘lgan 5ta yo‘nalishni aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi vazifalar Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlari, mahalliy hokimliklar tomonidan ijro etilishiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilish davomida prezident tibbiyot tizimida jiddiy o‘zgarishlar qilinishi kerak bo‘lgan 5ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.
«Birinchi yo‘nalish – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Bu ishlarni vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yo‘q», – degan prezident Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:40 / 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha «poytaxt namunasi» joriy etiladi
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38 / 27.01.2026
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
13:20 / 27.01.2026