O‘zbekiston | 11:34 / 19.05.2021
6317
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana 500 ming doza vaksina olib kelindi

Bugun, 19 may kuni 3-bosqich sinovlari mamlakatimizda o‘tkazilgan, o‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi Toshkentga olib kelindi.

18 may kuni ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan edi. 

SSV matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 1 apreldan 18 maygacha bo‘lgan muddatda mamlakatimizda jami 1 412 312 doza vaksinadan foydalanildi.  

Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1 125 995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286 317 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid