Masdar kompaniyasi Jizzax va Samarqandda quyosh elektr stansiyalarini quradi
Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari ma'lum qilindi. Dastlabki malaka tanlovida 18ta xalqaro kompaniya ishtirok etdi.

20 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari e'lon qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Dastlabki malaka tanlovida Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiyadan 18ta kompaniya ishtirok etdi, ulardan 15tasi ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ishtirokchi kompaniyalarning taqdim etilgan takliflarini baholash natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi loyiha bo‘yicha 7 hamda Samarqand viloyatidagi loyiha bo‘yicha 6 kompaniyaning elektr energiyasi tariflari to‘g‘risidagi moliyaviy takliflarining ochilishiga ruxsat berildi.
«Abu Dhabi Future Energy company PJSC» (Masdar, BAA) ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 1,823 AQSh sentiga teng bo‘lgan tarif bilan Jizzax viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb e'lon qilindi.
«Jinko Power Technology Co. Ltd.», «China Power International Holding (CPIH) Ltd.» va «Jinko Power (HK) Co. Ltd.» konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,305 AQSh sentiga teng bo‘lgan tarifi bilan ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb topildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tenderda ham «Abu Dhabi Future Energy company PJSC» (Masdar) kompaniyasi ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun tarifni 1,791 AQSh sentiga baholab, g‘olib deb e'lon qilindi.
Mazkur tender bo‘yicha ham «Jinko Power Technology Co. Ltd.», «China Power International Holding (CPIH) Ltd.» va «Jinko Power (HK) Co. Ltd.» konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,228 AQSh sentiga teng bo‘lgan tarifi bilan tenderning zaxira g‘olibi bo‘lgani ma'lum qilindi.
Quyosh elektr stansiyalari 2022 yilning oxirigacha ishga tushirilishi kutilmoqda. Elektr stansiyalarining ishga tushirilishi yiliga 1,04 mlrd. kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
«Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbekiston quyosh energiyasidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining hajmini 5 GVtgacha oshirish va mamlakatning umumiy energiya balansida muqobil energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish maqsadlariga erishishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning gaz va ko‘mirdan ishlab chiqariladigan energiyaga qaramligini kamaytiradi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokidagi muzokaralar chog‘ida qurilish uchun Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida maydonlar tanlab olingan. Ushbu ikki loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan investitsiyalar miqdori 400 mln dollarga baholanmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda
Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha moliyaviy takliflar o‘rganilayotgani ma'lum qilingandi. Loyihaga 54ta kompaniya qiziqish bildirgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokicton yomg‘ir suvini yig‘ish bo‘yicha tajriba almashadi
O‘zbekiston | 14:42
-
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi
Jahon | 14:30
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
Mavzuga oid

08:25
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

18:45 / 30.06.2025