Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy G‘arb Eronga qarshi asosiy sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘lganini ma'lum qildi
Avvalroq Eron prezidenti Venadagi muzokaralar Eronning g‘alabasi bilan yakunlanishini aytgandi.
Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda G‘arb vakillari Eronga qarshi asosiy sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.
«G‘arb vakillari neft, neft-kimyo mahsulotlari, tashish, sug‘urta va Eron markaziy banki bo‘yicha asosiy sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘ldi», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fars agentligi.
Avvalroq Eron prezidenti Venadagi muzokaralar Eronning g‘alabasi bilan yakunlanishini aytgandi.
19 may kuni Venada Eron va xalqaro «beshlik» (Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Fransiya) xalqaro komissiyasining Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yig‘ilishi nihoyasiga yetdi. Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchi ikki haftalik muzokaralar ijobiy bo‘lganini bildirdi.
Yadroviy kelishuv ishtirokchilari AQSh delegatsiyasi bilan ham maslahatlashuvlar olib bormoqda. AQSh vakillari Eron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazmayapti.
Mavzuga oid
22:10
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026