Tojikiston poytaxtida Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyalar jalb etish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
Shuningdek, suv-energetika, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va Tojikiston o‘zaro savdo borasida yangi cho‘qqilarga chiqish uchun barcha imkoniyatlarga egaligini qayd etdi. U Qozog‘iston Tojikiston iqtisodiyotiga har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini ta'kidladi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi, deyiladi xabarda.