Kun.uz muxbirining xabar berişiça, taşkilot raisi har bir tadbirkor uçun ijtimoiy mas'uliyatni çuqur his qiliş va birlaşiş davri kelganini aytgan.
«Bundan buyoğiga davlat biznes bilan şuğullanmaydi. Şunday qilişga uringanda kördik: korrupsiya, monopoliya ildiz ota boşladi yoki oldinga emas, orqaga qarab yuriş ketyapti.
Endi biz — tadbirkorlarning uyimizda bemalol ötirişga haqqimiz yöq. Ijtimoiy mas'uliyatni his qiliş vaqti keldi. Ortimizda butun bir jamiyat turibdi.
Bir gap aytaman: zimmamizda Rossiya yoki Turkiyada işlab yurgan yurtdoşlarimizning ham javobgarligi bor. Agar biz ularga yetarli şaroit yaratib berganimizda, şu yerda işlayotgan bölişardi. Hozir yurtimizda malayziyalik tadbirkorlar mehmon bölib turişibdi. Ular Özbekistonga investitsiya olib kirişda hali boşlanğiç darajada ekanini aytişdi.
Muammolarning hozirgi yeçimi — xorijlik hamkorlar bilan yaxşi işlaşimiz zarur. Yaqinda Turkiyaga borib keldik. U yerdagi tadbirkorlar Xitoyga ham mol sotişarkan. «Sizlarga maza-a? Oziq-ovqat köp. Oldingizda 1,5 milliard odami bor Xitoy bozori turibdi. U yer 3 kunlik yöl. Oziq-ovqat sotinglar», - dedi.
Men heç kim qilmayapti demayman. Qilayotganlar bor, lekin juda kam. Biz taşqariga (xorijga, eksport ma'nosida — tahr.) çiqa olmayapmiz. Bu katta muammo. Buni qiliş zarur. Özbekistonga yirik tadbirkorlar kerak. Kiçik tadbirkorlar tezroq katta tadbirkorlarga aylanişi lozim.
Avvalo, öz bozorimizni egallaşimiz kerak. Yöqsa, uni ertaga çet elliklar kelib egallaydi. Qayerda tadbirkorlar kuçli bölsa, oldin öz bozorini egallaydi. Masalan, Turkiya bozorini egallaş qiyin. Çunki u yerda milliard dollarlab pul tikadigan tadbirkorlar köp. Lekin bizda aksariyat çet elliklar biznes qilib, katta mablağlarni olib çiqib ketyapti.
Biz tor öylaşimizning asosiy sababi – faqat içki bozorni öylaşimizda. Bizning 34 millionlik bozorimiz bor, xolos. Siz eksport haqidagi statistikalarga e'tibor bering. Eksportimizning yarmi tilla va gaz hissasiga töğri keladi. Bizda tekstil, turizm va boşqa önlab sohalarda katta imkoniyatlar mavjud.
Aytmoqçimanki, birlaşiş vaqti keldi. Nega köpçiligimiz çet elliklar hamkorlikka kelsa uyalib qolamiz? Çunki bizda ilm yetişmayapti. Lekin harakat qiliş zarur.
Hozirda 2050 yilgaça eksportni östiriş böyiça strategiya tuzyapmiz. Yurtning rivoji, ertaga keladigan avlodlar uçun ham yaxşi hayot taşlab ketişimiz kerak. Hozir sizning biznesingiz 100 ming dollarlik bölsa, uni 10 million dollarlikka çiqaring. Şunda kelajak uçun yanada yaxşi imkoniyatlar hozirlagan bölasiz», - dedi Muxtor Umarov.
Avvalroq, Assambleya raisi oldinda turgan eng muhim masala ilmni rivojlantiriş va uni biznes bilan integratsiya qiliş ekani, bu borada ança ortda qolib ketayotganimiz haqida gapirgandi.
Şuningdek, Muxtor Umarov sovet davridan qolgan eksport rejasi, maxsus bank xizmatlarining yöqligi, eksport qiluvçilarga jarimalar qöllaş amaliyoti borligi kabi muammolar eksportçi tadbirkorlarni qiynab kelayotganini ta'kidlagandi.











