Özbekiston işbilarmon doiralari Turkiyaning sanoat zonalari boşqaruvçisi hisoblangan yirik taşkilot “Ostim” bilan hamkorlikni yölga qöymoqda. Hamkorlik uçraşuvi 4 oktyabr kuni Toşkentdagi Hilton mehmonxonasida bölib ötdi.

Özbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov tafsilotlar böyiça Kun.uz savollariga javob berdi.

— 200 ming iş örni va'da qilinmoqda, bunga qanday erişiladi?

— Turkiyaning 1000ga yaqin kompaniyasi Özbekistonga taklif qilinadi. Agar sanoat zonalarini Turkiya qonunlari böyiça işlaydigan qilib yaratadigan bölsak, nafaqat Turkiya, balki Yevropadan ham yangi kompaniyalarni jalb qilişimiz mumkin böladi.

Mana şu yönalişda “Ostim” sanoat zonalari boşqaruvçisining özini oladigan bölsak, uning 6200 kompaniyasi bor. Ulardan kamida 1000 ta kompaniyani Özbekistonga jalb qila olamiz. Bu böyiça ular qiziqiş bildirib bölişgan. Şu mingga yaqin kompaniyalar uçun şaroit qilib, «Ostim» industrial boşqaruvçilari orqali jahon standartlarida tayyorlab bersak, ularning Özbekistonga kelişini ta'minlay olamiz.

Hisoblab çiqdik, mingga yaqin kompaniyalarda 200tadan işçi işlaydigan bölsa, 200 mingta iş örni yaratiladi. Bu – beş yillik loyiha. Yangi velosiped ixtiro qiliş niyatimiz yöq, mutlaqo, bu işlar Turkiya tajribalariga tayangan holda amalga oşiriladi.

— Loyiha uçun hukumat 3ta sanoat zonasini ajratib bergani haqida aytdingiz, ular qayerda joylaşgan?

— Hozir bizga tanlaş huquqini berişdi. Birinçi sanoat zonasi – Toşkent viloyati Yuqori Çirçiqda oçilayotgan mebel klasteri. Yana bittasi Andijonda, uçinçisini esa tanlaş huquqini oldik.

Özimiz şunday qarorga keldikki, bitta sanoat klaster zonasi hozir rivojlanib turgan, yana biri rivojlanişdan ortda qolib ketgan sanoat zonasini tanlab, tajriba almaşinuv asosida iş olib boramiz.

— Loyiha uçun qança mablağ sarf qilinadi va mablağ manbalari haqida gapirsangiz.

— Loyiha uçun birinçi manba “Ostim” kompaniyasining özining investitsion fondi. Uşbu maxsus fond çet elga boradigan tadbirkorlar uçun mablağ ajratişni közda tutadi.

Ikkinçisi, Özbekiston hukumatining töğridan töğri moliyalaştiriş fondi. Bu – Töğridan töğri investitsiyalar fondi. Bu jamğarma orqali tadbirkorlarimiz loyihalariga mamlakat iqtisodi uçun muhim bölgan yönalişlarda 30 foizgaça investitsiyalar kiritiladi. Bunda 5 yildan keyin hukumatning loyihadan çiqib ketiş şarti bor.

Uçinçisi, turli xalqaro moliya taşkilotlari ham mana şunday loyihalarni moliyalaştirişga tayyorligini bildirişgan. Bunday taşkilotlardan Malayziya, Birlaşgan Arab Amirligi, Vengriyadan talabgorlar bor.

Loyihaning umumiy miqdori 1 mlrd 200 mln dollar deb baholanmoqda. Bu mablağlar beş yil içida kiçik va örta biznes kesimida özlaştiriladi. Kiçik va örta korxonalarni rivojlantiriş murakkab masala hisoblanadi. Turkiyalik hamkorlarimizning tajriba va ilmlariga suyanyapmiz.

— Sanoat zonalarida 7ta klaster taşkil etilişi aytildi, ular asosan qanday böladi? Yaqin bir yilda qaysi yönalişda özgariş böladi?

— Axborot texnologiyalari (IT), temir yöl, quriliş, soğliqni saqlaş (farmatsevtika), mebel va oziq-ovqat sanoati böyiça klasterlar tuziş rejalaştirilgan.

Yaqin bir yil içida mana şu sohalardan köproq mebel sohasiga urğu beramiz. Bu loyiha ustida olti oydan beri işlayapmiz. Yaqinda mebel sanoatida içki bozorda mebel narxlari 20 foizgaça arzonlaşini kutyapmiz. Maxsus zonada klaster usulida işlab çiqargandan keyin bizning tannarximiz tuşişi eksport-raqobatbardoşligimizni orttiradi. Eksportimiz ötgan yilga qaraganda 8 foizga ösgan bölsa, bu ösişni saqlab qoliş barobarida yanada köpaytirişni maqsad qilganmiz.

***

Ma'lumot örnida, Turkiyaning “Ostim” sanoat zonasi 1967 yilda taşkil topgan. Zona Turkiyaning Anqara şahrida joylaşgan bölib, kiçik va örta korxonalarga qaratilgan mamlakatning eng yirik işlab çiqariş sanoat zonasi hisoblanadi.

Sanoat zonasi 17 sektor va 139 biznes yönalişini öz içiga olib, unda 6200 kompaniya faoliyat yuritadi.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.