Olimlar parranda grippi pandemiyasi xavfi haqida ogohlantirishdi
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, parranda grippining yangi shtammi birinchi marta 2010 yilda Xitoyda aniqlangan. 2014 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya, 2016 yilda Hindiston, Rossiya, Mongoliya, AQSh va Yevropada parrandalar orasida kasallik avj olishi kuzatilgan.
Xitoylik olimlar H5N8 parranda grippi virusining tarkibi va mutatsiyalari tarixi yana bir pandemiyaga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Medical Xpress saytida e'lon qilingan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, parranda grippining yangi shtammi birinchi marta 2010 yilda Xitoyda aniqlangan. 2014 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya, 2016 yilda Hindiston, Rossiya, Mongoliya, AQSh va Yevropada parrandalar orasida kasallik avj olishi kuzatilgan.
«2020 yilda kasallik avj olishi 46 mamlakatda qayd etildi. Olimlarning fikricha, bu virus juda tez tarqalish xususiyatiga egaligini bildiradi. O‘tgan yil dekabrda Rossiyadagi qishloq xo‘jaligi ishchilarida kesishma infeksiyalar aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlar yanada xavotirli», — deyiladi maqolada.
Tadqiqotchilarning bildirishicha, ishchilarda parranda grippi simptomlari aniqlanmagan. Shuningdek, virusning odamdan odamga yuqishi kuzatilmagan.
Shu bilan birga, olimlar parranda grippi virusi mutatsiyasining kasallik chaqirish xususiyati yuqori ekanini hamda kasallik tarqalishini ferma va bozorlarda kuchli nazorat olib borish orqali sekinlashtirish mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 04.10.2024
Marburg bezgagi global tarqalishining xavfi past - JSST rahbari
00:24 / 04.10.2024
Vetnamdagi hayvonot bog‘ida o‘nlab yo‘lbarslar parranda grippi tufayli nobud bo‘ldi
15:47 / 12.09.2024
Pandemiya qizlarda miya qarishini tezlashtirdi - tadqiqot
14:14 / 26.01.2024