Ma'lumki, Özbekiston ilk marotaba 15 yoşli öquvçilarning öqiş, matematika va tabiiy yönalişdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholaşga yönaltirilgan xalqaro tadqiqotlarda (PISA) iştirok etişga tayyorgarlik körmoqda. Uşbu baholaş dasturining asosiy tadqiqotlari 2022 yilda taşkil qilinişi rejalaştirilgan.

Undan avval esa qoida tariqasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) talablariga muvofiq, har bir mamlakatda taşkil etilgan Milliy markazlar tomonidan tajriba-sinov jarayonlari ötkaziladi.

Ta'lim inspeksiyasi Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotda 22 aprel – 18 may kunlari mamlakatning 14 ta hududidagi 83 ta maktabda ötkazilgan tajriba-sinov jarayoni xulosalari bayon qilingan.

Ta'lim sifatini baholaş böyiça xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi direktori, PISA loyihasi milliy menejyeri Abduvali Ismoilov öquvçilar savodxonligini baholaş böyiça tajriba-sinov tadqiqotlari haqida öz fikrlarini bildirgan.

«Mamlakatimizda tajriba-sinov jarayonlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti tomonidan belgilangan PISA xalqaro standartlariga muvofiq, Vestat (AQŞ), ETS (AQŞ), ACER (Avstraliya), Capstan (Belgiya) taşkilotlari bilan kelişilgan holda taşkil etildi.

PISA’da 90ga yaqin davlatda turli til, öquv dasturlari va metodikalari asosida ta'lim oladigan, turli madaniyat va qadriyat vakillari bölgan öquvçilarning bilimi bir xil mezonda baholanadi. Buni taşkil qiliş esa oson vazifa emas. Şuning uçun, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti har bir mamlakatda tadqiqotlarni taşkil qiliş uçun alohida mas'ul milliy markaz taşkil etiş şartini qöyadi.

Tadqiqot materiallari maxfiy hisoblanadi. Faqat milliy markazlarga yuboriladi va topşiriqlar tegişli davlat tillariga tarjima qilinadi. Har bir qadamda nima iş amalga oşirilişi böyiça standart, yöriqnoma va qöllanmalar işlab çiqilgan.

Tizim şunday qilinganki, agar qaysidir bosqiçda vazifa çala yoki notöğri bajarilsa, keyingi bosqiçga ötkazilmaydi. Şuning uçun ikki yil davomida milliy markazimiz mutaxassislari AQŞ, Avstriya, Germaniya, Tailand va Afinada bölib ötgan xalqaro treninglar, şuningdek, onlayn vebinarlarda iştirok etdilar.

Qöllanmalarning köplarini özbek, rus va qoraqalpoq tillariga ham tarjima qildik hamda xalqaro talab doirasida moslaştirdik.

Soddaroq qilib aytadigan bölsak, birgina test ötkaziş ssenariysida öquvçilar bilan «salomlaşiş»dan tortib, deyarli tört soatlik testdan keyin xonani tark etişgaça bölgan harakatlar yozib qöyilgan. Test administratorlaridan uşbu yozilgan qoidalarga qat'iy rioya qiliş talab etiladi. Bu esa butun dunyoda test jarayonlari bir xil tartibda taşkil etilişini ta'minlaydi. Mas'ullar özining avvalgi tajribasiga tayanib, boşqaça yöl tutişiga yöl qöyilmaydi.