Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayevning bugungi özbek maktab ta’limi, undagi muammolar hamda darsliklar bilan boğliq dolzarb masalalarda "Alter Ego" loyihasiga bergan intervyusi e’lon qilindi.
Suhbat davomida Şarifxöjayev PISA tadqiqotlaridagi Özbekistonning qoniqarsiz natijalariga öz munosabatini bildirgan. Unga köra, birinçi marotaba qatnaşib turilgan bunday örganişlarda yaxşi natija bölmasligi kutilgan.
"Biz 2022 yilda birinçi marotaba PISA tadqiqotlarida iştirok etdik. Uning natijalari şu kunlarda e’lon qilindi. Nima kutilgandi? Harholda eng yaxşi natija emas.
PISA bu – biz öquvçilarni oliygohlarga kiriş oldi söraşga odatlanib qolgan baholaş [darajasi] emas, ya’ni sanalar öquvçilarning esida qolganmi, formulani biladimi emas. Bu – [bolalarning] hayotda qöllay olişi mumkin bölgan bilim va ilmini baholaş.
[Bunda] ularga real keys va vaziyat beriladi, jarayonda nafaqat matematika formulasini, balki qaysidir nuqtalarida grammatikani ham bilişi kerak böladi. Umuman olganda vazifasi kompleks. Şunga muvofiq, biz bunga tayyor emas edik. Öylaymanki, ta’lim tizimi, bolalar, öqituvçilar bunga tayyor bölişi uçun uzoq vaqt kerak. Mazkur maqsadlarimiz uçun esa öquv dasturlari, qöllanmalar bölişi lozim. Mana şularning özi vazifalarimizdan biridir", – deydi u loyihaga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, PISA (Programme for International Student Assessment) – 15 yoşli maktab öquvçilarining bilim darajasini baholaş böyiça xalqaro dastur hisoblanadi. Ötgan yili Özbekiston ilk marotaba qatnaşgan tadqiqot natijalariga köra, mamlakat bolalari 81 ta davlatdagi tengdoşlari orasida matematika böyiça 72-örinni, tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlarida 80-örinni egallagan. Ya’ni uçala yönalişda ham oxirgi öntalikdan joy olgan.
Matematika böyiça imtihonlarda öquvçilarimizning bor-yöği 14 foizi 2-darajadagi natijani körsatgan bölsa, atigi 4 foizi 3-daraja va 1 foizi 4-darajaga çiqa olgan. Eng yuqori 5- va 6-darajadagi natijalarni özbekistonlik heç qaysi öquvçi qayd eta olmagan. Tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlaridagi natijalar ham bundan katta farq qilmaydi.
PISA natijalari e’lon qilinişidan avvalroq Usmon Şarifxöjayev Kun.uz'ga bergan

















