Ta’limdagi ahvolimiz, davri ötgan Gentra va 40 kunlik reydlar - hafta dayjesti
|14:09 / 10.12.202339 59813 min
Ortda qolayotgan hafta davomida Özbekistonda röy bergan muhim voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari – Kun.uz dayjestida.
PISA natijalari – kutilganidek, lekin baribir oğriqli
Haftaning eng asosiy yangiligi – Özbekistonda maktab ta’limining sifati qay ahvolda ekani haqidagi aççiq haqiqatlarni bilib olganimiz böldi. Bir neça kun oldin e’lon qilingan xalqaro PISA dasturining natijalari bilan, hali ta’limda juda-juda köp muammolarimiz borligi obektiv imtihonlar va qiyosiy tahlillarda öz tasdiğini topdi.
PISA – 15 yoşli maktab öquvçilarining bilim darajasini baholaş böyiça xalqaro dastur bölib, Özbekiston dastur doirasidagi 2022 yilgi imtihonlarda birinçi marta iştirok etgan edi. Imtihonlar respublika böylab tasodifiy tanlab olingan maktablarda ötkazilgan. Natijalarga köra, özbekistonlik bolalar 81 ta mamlakatdagi tengdoşlari orasida matematika böyiça 72-örinni, tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlarida 80-örinni egalladi. Ya’ni uçala yönalişda ham oxirgi öntalikdan joy oldik.
Aslida, maktablarimizdagi ta’lim sifati hammaga ma’lum, şu ma’noda imtihon natijalari böyiça kutilmalar yuqori emasdi. Lekin detallarga qaraydigan bölsak, natijalar baribir alamli. 80 foizdan ortiq öquvçilarimizning bilim darajasi bor-yöği 1-darajadan oşmagan. Bu degani, dasturda qatnaşgan aksariyat öquvçilarimiz berilgan topşiriqlarni bajariş uyoqda tursin, ularni tuşunib olişga qiynalgan.
Matematika böyiça imtihonlarda öquvçilarimizning bor-yöği 14 foizi 2-darajadagi natijani körsatgan bölsa, atigi 4 foizi 3-daraja va 1 foizi 4-darajaga çiqa olgan. Eng yuqori 5- va 6-darajadagi natijalarni özbekistonlik heç qaysi öquvçi qayd eta olmagan. Tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlaridagi natijalar ham bundan katta farq qilmaydi. Umuman, dasturda qatnaşgan öquvçilarimizning birortasi heç bir yönalişda 5- va 6-darajaga çiqa olmagan. Taqqoslaş uçun, birinçi örindagi Singapur maktablarida öqiyotgan öquvçilarning 41 foizi matematikadan 5- yoki 6-darajani ololgan. Ta’lim sifati böyiça rivojlangan davlatlardan qançalik orqada ekanimizni tuşuniş uçun bundan boşqa raqamlar şart bölmasa kerak.
Afsuski, ta’limdagi oğir vaziyat öz tasdiğini topganiga rasmiylarning munosabatini qoniqarli deb bölmaydi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bu haqda bergan rasmiy xabarida
Mavzuga oid
“Özbekistondagi 15 yoşli öquvçilar matematika fanidan jami 364 ball oldi”, deb birgina raqamni keltirib ötdi, xolos. Biz yuqorida faqat ayrimlarini sanab ötgan detallar haqida heç qanday izoh bölmadi. Vazir Hilola Umarova esa “yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yaşirmaymiz”, deyiş bilangina kifoyalandi.
Albatta, körsatkiçlarimiz açinarli ekanini ta’kidlaş bilan birga, biz imtihonda birinçi marta qatnaşib, nihoyat real holatni bilib olganimizni ham e’tirof etiş kerak. Bu yana şunisi bilan ham muhimki, PISA imtihonlari har uç yilda ötkaziladi va undagi natijalar ta’lim sifatini oşiriş böyiça hukumat qilayotgan işlarga baho beriş imkonini beradi. Keyingi imtihon 2025 yilda bölib ötadi va unda asosan 2017 yili 1-sinfga çiqqan bolalar iştirok etadi.
Özbekiston aholisining yarmidan köpi ortiqça vaznga ega
Natijasi e’lon qilingan muhim tadqiqotlardan yana biri – 18 yoşdan 64 yoşgaça bölgan aholining ratsioniga oid. Özbekiston Sanitariya-epidemologiya qömitasi va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, özbekistonliklar kuniga örtaça 15 gramm tuz iste’mol qiladi. Bu – me’yordan 3 baravar köp. Şu bilan birga, har uç kişidan ikki nafari yetarli miqdorda sabzavot va meva yemaydi.
Örganişlardan ma’lum bölişiça, respublikamiz aholisining yarmi ortiqça vaznga ega, 20 foizi esa semizlikdan aziyat çekyapti. 46 foiz aholining qonida xolesterin miqdori oşgan.
Rasmiylar bu körsatkiçlarni e’lon qilarkan, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişning muhimligini eslatib ötdi. Mutaxassislarning ogohlantirişiça, tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan mahsulotlarni iste’mol qiliş yurak qon-tomir va boşqa kasalliklarga sabab böladi.
Aholimiz salomatligi böyiça ijobiy yangiliklar ham bor. Dunyo böyiça erkaklarda testosteron gormoni miqdori yildan yilga tuşib ketayotgan bir paytda, Özbekiston bu gormon darajasi eng yuqori mamlakat ekani ma’lum böldi. Xorijlik tahlilçilarga köra, özbekistonlik erkaklarda testosteronning örtaça miqdori fransiyalik, turkiyalik, qozoğistonlik yoki qirğizistonlik erkaklarga qaraganda ikki barobar yuqori bölib çiqqan. Global miqyosda erkaklik gormoni kamayib borayotgan bir paytda, özbekistonlik erkaklarda bu gormon miqdori oşişi kuzatilgan. Tadqiqotçilar buning sabablariga izoh bermagan.
Jinoyatçilikka qarşi reydlar
Noyabr oyi oxirida boşlangan “dolzarb 40 kunlik” doirasidagi jinoyatçilikka qarşi reydlar sönggi haftada butun respublika böylab yoyildi. Bir neça yuzlab şaxslar tovlamaçilik, bezorilik, giyohvand vositalari, qurol-yaroğ va boşqa turdagi jinoyatlarda ayblanib qölga olinyapti. Hududlardagi huquq organlari e’lon qilayotgan reydlarning suratlarida niqobdagi xodimlar tomonidan uşlangan erkaklar, qöliga kişan taqilgan holda, yerda yuztuban yotganini köriş mumkin.
Rasmiylar qölga olinayotganlarni “kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatuvçi şaxslar” deb atamoqda. Ular orasida jinoiy avtoritet ekani aytiladigan şaxslar, “köça bollari”, sportçilar, şuningdek, avvaldan qidiruvda bölgan va organlardan yaşirinib yurganlar ham bor. Qamoqqa olişlarning bir qismi ma’muriy xarakterga ega bölsa, jinoiy guruhlar a’zolari ekani aytilayotgan bir qator şaxslar ustidan jinoyat işlari oçilgan.
Bu voqealar fonida Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti, Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev ham protsessual tartibda uşlangan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi “Salimboy” nomi bilan tanilgan 73 yoşli tadbirkorni öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaganlikda gumonlayapti. Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksida buning uçun 17 mln sömgaça jarima yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş sanksiyasi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, bu reydlar 25 noyabr kuni qozoğistonlik reper Jah Khalib'ning “Humo arena”dagi konsertida tartibsizlik röy berganidan keyin boşlandi. Rasmiylar öşa kuni Milliy gvardiya xodimlari piçoqlangani va ölim röy bergani haqidagi miş-mişlarni rad etgan bölsa-da, keng kölamli reydlar boşlanişiga ana şu voqea sabab ekani haqidagi taxminlarga hozirça munosabat bildirmadi. Ma’lumot uçun, “Humo arena”dagi tartibsizlikdan keyin Milliy gvardiyaning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi boşliği almaştirilgan edi.
Fuqaroning IIB binosidagi ölimi böyiça sud hukmi çiqarilgan kuni yana bir fuqaro IIBda vafot etdi
Jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça “dolzarb 40 kunlik”dagi tezkor tadbirlar davom etarkan, buning fonida yangragan ikkita xabar tergov hibsxonalaridagi inson huquqlari böyiça vaziyat jiddiyligini eslatib qöydi.
1 dekabr kuni Çirçiq şahar içki işlar bölimi hibsxonasida 22 yoşli yigit vafot etdi. Tergov organi u öz joniga qasd qilganini aytayotgan bir paytda, marhumning burni singani va qoşi yorilgani haqida ma’lumotlar paydo böldi. Bu haqda xabar bergan viloyat deputati Jahongir Tölaganov IIBga olib kirib ketilgan har bir fuqaroning xavfsizligiga içki işlar xodimlari mas’ul ekanini eslatdi.
Şundan keyin holatga viloyat Içki işlar boşqarmasi munosabat bildirdi, lekin aynan marhumning burni va qoşi singani haqidagi ma’lumotga izoh bermadi. Idora öğrilikda gumonlanib qamoqqa olingan yigit kameradagi çoyşabdan sirtmoq yasab özini osganini aytmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, ölim böyinning sirtmoq bilan siqilişi natijasida röy bergan. Prokuratura tergovga qadar tekşiruv boşlagan. Ombudsman ham öz vakolati doirasida örganiş olib borayotganini ma’lum qildi.
Çirçiqdagi tergov hibsxonasida fuqaroning ölimi röy bergan kuni Toşkent viloyatining boşqa bir tumani – Bökada fuqaroni qiynab öldirgan içki işlar xodimlari ustidan sud hukmi öqildi. Yodingizda bölsa, bundan 6 oy oldin, öğrilikda gumonlanib Böka tumani içki işlar bölimiga olib kelingan 36 yoşli erkak xodimlar tomonidan kaltaklab öldirilgan edi. Sud hukmiga köra, bu vahşiy jinoyat böyiça tört nafar içki işlar xodimi aybdor deb topildi. Böka tuman IIB jinoyat qidiruv bölimi sobiq boşliği 7 yilga, ikki nafar sobiq tezkor xodim 8,5 yilga, şuningdek, sobiq profilaktika inspektori 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
2024 yil boşidan boşlab Lacetti işlab çiqariş butunlay töxtatiladi. Bu ma’lumotni UzAuto Motors tasdiqladi. Kompaniyaga köra, bu – General Motors'ning global savdo siyosati bilan boğliq. Lacetti'ning örniga qaysi yangi model işlab çiqarilişi hozirça ma’lum emas.
Şu tariqa, Asakada işlab çiqarilişi 20 yil oldin boşlanib, millionlab özbekning orzusiga aylangan bu modelning hikoyasiga yakun yasaladi. Lacetti-Gentra, şuningdek, haydovçilari davlat amaldori tomonidan bir joyga töplangan yagona avtomobil sifatida ham Özbekiston tarixiga kiradi. Xabaringiz bölsa, ötgan hafta oxirida Farğona viloyati IIB boşliği, general-mayor Azizbek Ikromov qora Gentra haydovçilarini töplab, ular bilan profilaktik suhbat ötkazgan edi. Bunga avtomobilning davlat raqamini yeçib olib harakatlaniş holatlari köpaygani sabab bölgan.
Haydovçilarga taalluqli yana bir yangilik. Keyingi yildan boşlab, Özbekistonda olingan haydovçilik guvohnomasi bilan Dubayda avtomobil boşqariş mumkin böladi. Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov 2 dekabr kuni BAAdagi hamkasbi bilan ikki davlatda berilgan haydovçilik guvohnomalarini özaro tan oliş böyiça kelişib oldi. Kelişuv 27 yanvardan kuçga kiradi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Havo soviy boşlaşi bilan butun respublika böylab metan-şoxobçalari faoliyatiga çeklov kiritildi. Endilikda buşoxobçalar ertalab soat 6dan kunduzgi soat 15gaça işlaydi. Energetika vazirligi buning uçun uzr sörab, aholini vaziyat barqarorlaşgunga qadar tejamkor bölişga çaqirdi. Eslatib ötamiz, kelasi hafta davomida kunduzgi harorat -12 darajagaça pasayişi kutilyapti.
Özbekistonning eng yirik energetika kompaniyasi – davlatga tegişli “Özbekneftgaz”da jiddiy muammolar paydo böla boşlagan. S&P agentligi kompaniyaning kredit reytingini pasaytirib, kelgusi reyting özgarişi böyiça prognozni barqarordan salbiyga özgartirdi. Tahlilçilarga köra,bunga gaz tanqisligi, kompaniyaning qarz yuki oşayotgani, korporativ boşqaruvda muammolar borligi va davlat qöllovining ehtimoli pasayayotgani sabab bölgan.
Sovuq havoda yoş öquvçi qizlarni yupun kiyimda tadbirlarga olib çiqiş holatlari davom etyapti. 7 dekabr kuni Andijon viloyatining Böston tumani Mehnatobod mahallasidagi yangi köçaning oçiliş tadbirida maktab öquvçilari yuqa kiyimda raqs tuşişga jalb etilgan. Tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi javobgar mutasaddilarni aniqlab, intizomiy javobgarlikka tortişga va’da berdi.
Jamoatçilik tanqidlari va rasmiy idoralarning talabidan keyin, Yandex Go Özbekistonda soliq tölaşga majbur bölmoqda. Taksi agregatori karta orqali tölovlarda çek berişni boşlagan. Raqobat qömitasi ham örganişlarini nihoyat yakunlab, Yandex Göning monopol mavqeyini tasdiqladi. Qömitaga köra, taksi agregatorlari bozorining 86 foiz uluşi birgina Yandex Go hissasiga töğri keladi. Ayni paytda, kompaniya soliq tölaşi vaji bilan haydovçilardan undiradigan komissiyasi miqdorini oşirdi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova