Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati zilziladan jabr ko‘rgan ikki provinsiyasiga 1,5 mln dollar ajratdi
Xitoy transport vazirligining xabar berishicha, Yunnan va Tsinxay provinsiyalarida yuz bergan turkum zilzilalar avtomagistrallarning ayrim qismlariga zarar yetkazgan, ko‘priklarning bir qismi qulab tushgan.
Xitoy moliya va favqulodda vaziyatlar vazirliklari turkum zilzilalardan jabrlangan Yunnan va Tsinxay provinsiyalariga 10 mln yuan (1,55 mln dollar) ajratdi.
Ma'lumot berilishicha, mablag‘lar zilzila oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yetarli sharoitlar yaratilishini ta'minlashga sarflanadi.
Bundan tashqari, Yunnan provinsiyasiga 5 mingta chodir, 10 mingta yig‘ma karavot va 20 mingta adyol jo‘natilgan.
Xitoy transport vazirligining xabar berishicha, Yunnan va Tsinxay provinsiyalarida yuz bergan turkum zilzilalar avtomagistrallarning ayrim qismlariga zarar yetkazgan, ko‘priklarning bir qismi qulab tushgan.
Juma kuni kechqurun Yunnan provinsiyasining Yanbi-Iy muxtor uyezdida 2,8 balldan 6,4 ballgacha bo‘lgan zilzilalar yuz berdi. Seysmologlar juma oqshomidan shanba tongigacha 421ta: bitta 6 balldan 6,9 ballgacha, uchta 5 balldan 5,9 ballgacha, 9ta 4 balldan 4,9 ballgacha kuchli silkinishlarni qayd etgan. Qolgan silkinishlar kuchi 2 balldan 3,9 ballgacha bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 30ga yaqin kishi jarohat olgan.
Tsinxay provinsiyasining Mado uyezdida esa juma kuni 7,4 balli zilzila sodir bo‘lgan. Undan so‘ng yana oltita yer silkinishi qayd etilgan.