Sayohat qilişni sevuvçi yoki dunyo kezişni orzu qilgan kişi borki, sayohati qiyinçiliksiz va xavfsiz ötişini istaydi. Biroq ba'zi davlatlardagi mavjud viza rejimi sayohatçilar uçun ayrim muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Ammo dunyoda şunday vizalar ham borki, birgina vizaning özi bir neça davlatlararo ortiqça hujjatlarsiz harakatlaniş imkonini beradi. Şunday vizalardan biri Shengen vizasidir. UzbekLife uşbu maqola orqali mazkur viza haqida atrofliça ma'lumot beradi.
Fransiya va Germaniya tomonidan dastlabki qadam
Yevropa davlatlari örtasidagi fuqarolarning erkin harakatlanişi konsepsiyasi tarixi örta asrlarga borib taqaladi. Biroq uşbu konsepsiya amalga oşirilişi Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrga töğri keldi. 1984 yil 17 iyunda Fransiya hamda Germaniya Federativ Respublikasi örtasida Fonteynblau şahrida ikki mamlakat fuqarolarining erkin harakatlanişiga imkon beruvçi şartnoma tuziladi.
Keyinçalik uşbu şartnoma 1985 yilning 14 iyunida, Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Niderlandiya hamda Lyuksemburg davlatlari tomonidan Lyuksemburg janubidagi Mozell daryosi böyidagi kiçik qişloqçada imzolanib, uning şarafiga şartnoma Shengen (Sçengen) nomi bilan ataldi.
1985 yil 14 iyun – Katerine Lalumer (Fransiya), Valdemar Şrekenberger (GFR), Pol De Kirsmeker (Belgiya),
Robert Gebbels (Lyuksemburg) hamda Uim van Eyekelen (Niderlandiya) tomonidan Shengen şartnomasi imzolanmoqda.
Mazkur şartnomaning tuzilişidan asosiy közlangan maqsad davlatlar orasidagi çegaralarda hujjat tekşiruvlariga çek qöyiş edi.
Beş yildan söng, aniqroği, 1990 yilning 19 iyuniga kelib, Shengen kelişuvining aniq vazifalarini belgilab beruvçi Konvensiya imzolanadi. Unga köra, a'zo davlatlar orasidagi özaro içki çegara nazorati bekor qilinib, taşqi çegaralar nazoratiga urğu berildi.
Şuningdek, Shengen Axborot Tizimi – SIS (Shengen Information System) barça a'zo davlatlar uçun umumiy bölgan ma'lumotlar bazasi taşkil etilib, yagona şakldagi viza işlab çiqilişi yölga qöyildi. Bundan taşqari, immigratsiya hamda içki nazoratçilar orasida uzviy hamkorlik tizimi taşkil etildi.
Mavzuga oid
Shengen hududi konsepsiyasi asta-sekin rivojlanib, a'zolar safi kengaya boşladi. Xususan, 1990 yil 27 noyabrida Italiya, 1991 yilning 25 iyunida Portugaliya va Ispaniya va 1992 yilning 6 noyabrida Gretsiya davlatlari şartnomaga a'zo bölişdi.
Shengen şartnomasi Nizomida bir qator qonun-qoidalarni nazarda tutgan bölsa-da, uning haqiqiy hozirgi Şengenga aylanişi unga a'zo bölgan Germaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ispaniya hamda Portugaliyaning 1995 yilning 25 martida özaro içki çegaralaridagi tekşiruvlarga butunlay barham berişidan boşlanadi.
Aynan mana şu voqea Shengen Kelişuvi a'zolari safini yanada kengaytirdi. 1995 yilning 28 aprelida Avstriya, 1996 yilning 19 dekabrida Daniya, Finlandiya, Islandiya, Norvegiya hamda Şvetsiya davlatlari mazkur kelişuvni imzoladilar. Şuningdek, 2000 yillarning boşida birin-ketin Çexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polşa, Slovakiya, Sloveniya hamda Şveytsariya davlatlari ham uşbu şartnomaga qöşildilar. Şu tariqa, 2008 yil fevralida Lixtenşteynning 26-davlat sifatida şartnomaga a'zo bölişi bilan Shengen hududining yaratiliş jarayoni yakunlandi.
Shengen hududi hamda Yevropa Ittifoqi örtasidagi tafovutlar
Yevropa davlatlarining köpçiligi bu şartnomalarning ikkisiga ham a'zo bölsalar-da, ular vazifasiga köra bir-biridan farq qiladi. Yevropa Ittifoqi siyosiy-iqtisodiy kelişuv bölib, hozirda unga 28 ta davlat a'zo. Bundan taşqari, YeIda bojxonadan ozod qilingan içki yagona bozor mavjud. Qolaversa, fuqarolarning ittifoq tarkibidagi 28 ta davlat içida erkin harakatlanişi qonun bilan kafolatlangan.
Shengen vizasi uni olgan şaxslarga uşbu şartnomaga a'zo davlatlar hududida tekşiruvlarsiz, erkin harakatlanişga ruxsat beradi, xolos.
Shengen vizasining turlari
Shengen vizasi mazkur şartnomaga a'zo bölgan istalgan davlat tomonidan berilişi mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, uşbu viza öz egasiga şartnomaga a'zo mamlakatlar hududida erkin harakatlaniş huquqini berib, taşrif maqsadiga qarab 4 toifaga bölinadi:
«A» toifa – aeroportga kiriş uçun olinadigan tranzit vizasi;
«B» toifa – Shengen zonasi içida 5 kun davomida amal qiluvçi tranzit vizasi;
«C» toifa – Shengen zonasida qoliş uçun beriladigan qisqa muddatli viza. Bunda ruxsat berilgan muddat davomiyligi vizada körsatiladi.
Sayohat maqsadiga qarab:
- Bir martalik – Shengen hududidagi har qanday mamlakatga bir marta kirişga ruxsat beriladi. Shengen hududidan çiqib ketgandan söng, viza muddati hali ham tugamagan bölsa-da, qayta kirişga ruxsat berilmaydi.
- Ikki martalik – uşbu viza Shengen hududiga ikki marta kiriş huquqini beradi va uning amal qiliş muddati vizada körsatiladi. Shengen zonasidan ikkinçi marta jönab ketilgaç, viza muddati amalda bölsa ham, qayta kirişga ruxsat etilmaydi.
- Bir neçta martalik – mazkur viza Shengen hududiga kiriş sonini çeklamaydi. Biroq uning amal qiliş muddati berilgan kunidan boşlab 6 oy içida şartnomaga a'zo istalgan davlatda 90 kungaça qoliş imkoniyatini beradi. Shengen hududiga birinçi kiriş kuni vizaning birinçi kuni hisoblanadi. Qisqa muddatli taşriflar hamda Shengen hududiga takroriy kiriş kunlarining umumiy soni maksimal 90 kunga yetgunga qadar umumlaştiriladi. Umumiy kunlar miqdori 90 kundan oşgaç hududga kirişga ruxsat berilmaydi.
LTV (Limited Territorial Validity) vizasi:
Uşbu toifadagi viza egasi faqat ma'lum bir Shengen hududida yoki viza oliş uçun körsatilgan mamlakatlarda sayohat qilişi mumkin. Uşbu turdagi viza asosan maxsus holatlarda, masalan, gumanitar maqsadlar uçun beriladi.
• Nihoyat «D» toifasi – Shengen hududida öqiş, yaşaş yoki işlaş kabi maxsus holatlarda berilgan milliy viza.
Uşbu viza:
- Bir martalik – Shengen mamlakatda muayyan vaqtdan keyin qoliş şart bölmagan şaxslar uçun;
- Köp martalik – Shengen mamlakatlariga bir neça marta kiriş imkonini beradi.
Mazkur turdagi viza quyidagi hollarda beriladi:
- öqiş uçun bir yilgaça (uzaytiriş imkoniyati bilan);
- ilmiy iş yoki tadqiqot ötkaziş uçun, şuningdek, yaqin qarindoşlarinikiga taşrif uçun;
- mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun safar qilayotgan mutaxassislar;
- favqulodda holatlarda, masalan, davolaniş maqsadida muayyan muddatga çeklangan holda.
Shengen vizasini oliş narxi hozirda 80 yevroga teng. Bundan taşqari, yodda tutiş joizki, viza oliş uçun taşrif buyuruvçi şaxs suğurta qilinişi lozim. Mazkur suğurta favqulodda holatlar, baxsiz hodisalar vaqtida viza egasiga kamida 30 000 yevro suğurta puli ajratadi.
Maqolaning ikkinçi qismi tez kunda e'lon qilinadi.