Jahon | 21:25 / 01.02.2023
10888
2 daqiqa o‘qiladi

Shengen vizasi «raqamlashtiriladi», unga arizani onlayn topshirish mumkin bo‘ladi 

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Shengen vizasini «raqamlashtirish» g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi parlamenti a’zolari tomonidan qabul qilingan hisobotda Shengen vizasiga murojaat qilish tartibini modernizatsiya qilish loyihasi – «qog‘oz arizalar va viza stikerlaridan raqamli tizimga o‘tish» haqida so‘z boradi. Ya’ni, kelajakda viza stikeri pasportga yopishtirilmaydi. 

«Raqamli viza jarayonni tezlashtiradi, ariza topshirish uchun zarur bo‘lgan kuch va xarajatlarni kamaytiradi hamda xavfsizlikni oshiradi», deyiladi Yevroparlament bayonotida. 

«Yangi tizim chegaralarni boshqarish hamda Yevropa Ittifoqining ma’lumotlar bazasi bilan uyg‘un ishlashga mo‘ljallangan, bu esa xavfsizlik xatarlarini kamaytiradi. Shengen vizasi uchun arizani raqamlashtirish orqali viza so‘rovlari yagona onlayn platformada ko‘rib chiqiladi, bu esa murojaat etuvchilarga o‘z arizasini qaysi davlatdan olishini bilish imkonini beradi». 

Biroq, yangi tizim qandaydir tarzda «raqamli savodxonlikka ega bo‘lmagan shaxslarga kafolatlar» ham berishi kerak, shuning uchun ba’zi qog‘oz stikerlar saqlanib qolishi mumkin. 

Umuman olganda, bu tashabbus Yevroparlamentda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan. Endi Yevropa Ittifoqi parlamenti ushbu ish bo‘yicha vazirliklararo muzokaralarni boshlaydi. 

Mavzuga oid