11 iyundan boşlab Şengen vizasi uçun tölovlar miqdori oşiriladi. Bunday ma’lumotlar Sloveniya taşqi va Yevropa işlari vazirligi saytida keltirilgan.
Qayd etilişiça, qisqa muddatli Şengen vizasi (S tipi) uçun yiğim miqdori 12 foizga oşadi.
«Yangi Şengen vizasi tölovi kattalar uçun 90 yevro (12 yoşdan oşgan viza talabgorlari) va 6 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun 45 yevro. 6 yoşgaça bölgan bolalar uçun bepul bölib qoladi», deyiladi xabarda.
Yevropa Komissiyasining ma’lumotlariga köra, Şengen hududi uçun viza tölovlari köpaygan taqdirda ham, boşqa mamlakatlarga nisbatan past. Masalan, AQŞ vizasi narxi 172-185 yevro, Buyuk Britaniyaniki 134 yevro, Kanadaniki 130 yevro, Avstraliyaniki 117 yevroga teng.

















