2024 yilda Özbekiston fuqarolari tomonidan Şengen vizasi uçun 58 ming 691 ta ariza topşirildi, bu ötgan yilga nisbatan 26,2 foizga köp. Bu haqda Şengen kelişuvi portali statistikasidan ma’lum bölmoqda.
Portalda Özbekiston fuqarolari uçun Şengen vizasini oliş böyiça sönggi ön yildagi statistika va tendensiyalar e’lon qilindi. Bunga topşirilgan arizalar soni, rad etiş darajasi, tasdiqlaş darajasi, sarflangan umumiy qiymat va boşqa qiziqarli ma’lumotlar kiradi.
2024 yilda Özbekiston fuqarolari viza oliş uçun 58 691 ta ariza topşirgan (2023 yilga nisbatan 26,21 foizga ösgan).
Butun dunyo böylab Şengen vizasi sörovlarining 0,50 foizi özbekistonlik arizaçilar hissasiga töğri keladi.
Özbekiston 2024 yilda Şengen vizasiga berilgan arizalar soni böyiça 35-örindagi davlat böldi.
Germaniya Özbekiston fuqarolari uçun eng maşhur yönaliş böldi: viza uçun 19 329 ta ariza topşirilgan.
Şveytsariya Özbekistondan viza uçun birorta ariza olmadi.
Rad qiliş körsatkiçlari
Şengen davlatlari Özbekistondan tuşgan 9250 ta viza arizasini rad etgan (rad etiş darajasi 15,76%).
Özbekistonlik murojaat etuvçilarga viza berişdan boş tortişning eng yuqori foizi Polşada (69,16 foiz) qayd etilgan.
Germaniya Özbekistondan tuşgan arizalarning eng köpini rad etgan (19329 ta arizadan 3804 tasi rad etilgan).
Özbekistonda ming aholiga töğri keladigan rad etiş darajasi 0,27 foizni taşkil etdi.
Ma’qullaniş darajasi
Özbekiston fuqarolariga 51604 ta Şengen vizasi berilgan.
Eng yuqori ma’qullaş darajasi Bolgariyada qayd etilgan (133,40%).
Germaniya özbekistonlik arizaçilarga eng köp viza bergan (15205 ta viza ma’qullangan, 78,66 foiz).
Özbekistonda har ming aholiga töğri keladigan ma’qullaniş körsatkiçi 1,51 foizni taşkil etdi.

















