Samarqandlik Zafar Abdurahimov 39 yoşda, ikki farzandning otasi. Qöyliq dehqon bozorida qariyb 15 yildan buyon aravakaşlik qilib, bir neça ön minglab insonlarning hojatini çiqarmoqda. Taqdir taqozosi bilan bir qölidan ayrilgaç ham tuşkunlikka tuşmadi. Örnidan turib, kuraşda davom etdi. Hozir ham qora qozonni qaynatiş uçun oilasidan uzoqda mehnat qilyapti. Qahramonimizning hayot hikoyasini özidan eşitamiz.

«Bir qölimni Moskvada yöqotdim...»

Samarqand viloyati, Toyloq tumanidanman. Yoşim 39da, oilaliman, ikki qizim bor. Qöyliq bozorida aravakaşman. 13 yildan beri şu işni qilaman. Moskvadagi mebel zavodida işlayotgan vaqtim bir qölimdan ayrilganman. Bundan oldin özim yaşaydigan joyda mardikorlik qilib yurdim. Yoşim yetganidan keyin Rossiyada bir yil işladim, unça öxşamadi. Asosan qurilişda işladim. Qaytib kelganimda uylaniş vaqti kelib qolgandi, köp jöralarim uylangan ekan. Uylanişga pul töplaş uçun yana Rossiya tomon çiqib ketdim.

Moskvada özim taniş-biliş orttirdim, turli joylarda işladim. Mebel zavodiga işga joylaşdim. U yerda 5-6 oy yaxşi işladim. Odatiy iş kunlarining birida yoğoç qirqadigan uskuna oldida işlayotganimda ehtiyotsizlik tufayli qölimdan ayrilib qoldim. Moskvada davolanişimga zavod rahbariyati qaraşib turdi. Söng Samarqandga qaytib keldim. Bu yerdayam davolandim.

Öşa kunni eslagim kelmaydi. Bu voqea bölganiga 15 yil böldi, 23 yoşda edim. Voqea sodir bölgandan keyin uydagilarga xabar berdim. Faqat opam va akam bilardi, onamga aytmagandim. Qaytib kelganimdan keyin bilgan. Farzandining bunaqa ahvoldaligini köriş har bir ona uçun juda oğir. Ona-da baribir.

«Bir qölim bilan boşqa iş qilolmasdim»

Qölimdan ayrilib, uyga qaytganimdan keyin ança vaqt bekor qolib ketdim. Samarqandda men qila oladigan iş bölmagaç, Toşkentga keldim. Bir odam meni aravada non taşişga olib ketdi. Bozorga kirib-çiqib yurganda aravakaşlardan iş haqida sörab yurardim. Keyin tavakkal qilib, Qöyliqda aravakaşlik qilaman, dedim. Çunki ortga yöl yöq edi. Bir qölim bilan boşqa iş qilolmasdim. Odatda sahar soat 03:00 da iş boşlanadi. Keçasi soat 22:00 gaça işlagan vaqtlarim ham böladi. Orada 2-3 soat dam olib, arava ustida biroz mizğib olamiz.

Ba'zida ertalab soat 6-7 larda çiqib ketişim mumkin. Tong sahardan iş boşlaşimizga sabab ertalabdan bozorga savdogarlar öz mahsulotlarini olib kelişadi. Bozor içiga narsalarini olib kiriş uçun aravakaş yollaşadi. Soat 07:00 gaça savdogarlarlarning mahsulotlarini rastalargaça olib boramiz. Işonçli savdogar-mijozlarimiz bor. Öz vaqtida haqimizni berişadi.