Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği poytaxt kengaşida çiqiş qilib, bozorlardagi aravakaşlar xizmati uçun tölovni terminallar orqali tölaş tartibini joriy etiş va ular oladigan haq uçun tariflar belgilaşni taklif qildi. U Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, bu masala kötarilişiga bozorda aravakaş bilan nizolaşib qolgan bir deputatning sörov kiritişi sabab bölgan.

Antimonopoliya qömitasining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Jörabek Turobov Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 7 mart kuni bölib ötgan sessiyasida sözga çiqdi.

U öz sözida bozorlardagi aravakaşlarga körsatilgan xizmat uçun tölovni naqd pulsiz şaklda undiriş maqsadida terminal örnatilgan nazorat nuqtalarini taşkil etiş, xaridorlarga aravalarni ijaraga beriş xizmatini joriy etiş, aravakaşlarga xizmat haqini soatbay tölanadigan tariflarini işlab çiqişni taklif qildi.

 Foto: Toşkent şahar hokimli matbuot xizmati

“Olib borilgan örganişlar natijasida haqiqatan ham arava xizmatlari uçun kelişilgandan köproq haq talab qiliş holatlari mavjudligi, şu bilan birga hozirda iste’molçilar tomonidan uşbu xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirişda noqulayliklar yuzaga kelayotgani, şu bilan birga aholida uşbu xizmatlardan foydalanişning muqobillari yöqligi ham aniqlandi.

Hozirgi kunda arava xizmatini körsatuvçi fuqarolar bozor ma’muriyatidan aravani ijaraga olib, buning uçun kunlik 25 ming söm miqdoridagi tölovni tölagan holda arava xizmati körsatib keladi. Tölov miqdori Toşkent şahar hokimining 203-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Vaholanki, aravakaşlar köçaga çiqqandan keyin 40 ming, 50 ming söm va boşqa narxlarni qöyiş holatlari kuzatilyapti”, degan Jörabek Turobov.

Mulozimning ta’kidlaşiça, bugungi kunda:

  •  Yunusobod dehqon bozorida 65ta,
  • Çorsu dehqon bozorida 140ta,
  • Navröz dehqon bozorida 25ta,
  • Qöyliq dehqon bozorida 144ta arava mavjud.

Sessiyada Jörabek Turobov quyidagilarni amalga oşirişni taklif etdi: