Antimonopoliya qömitasining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Jörabek Turobov Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 7 mart kuni bölib ötgan sessiyasida sözga çiqib, bozorlardagi aravakaşlarga körsatilgan xizmat uçun tölovni naqd pulsiz şaklda undiriş maqsadida terminal örnatilgan nazorat nuqtalarini taşkil etiş, xaridorlarga aravalarni ijaraga beriş xizmatini joriy etiş, aravakaşlarga xizmat haqining soatbay tölanadigan tariflarini işlab çiqişni taklif qilgandi.
U Kun.uz bilan suhbatda mazkur masala kengaş sessiyasida kötarilişiga bozorda aravakaş bilan nizolaşib qolgan bir deputatning sörov kiritişi sabab bölganini aytgandi.
Antimonopoliya qömitasining bayonotida Toşkent bozorlaridagi aravakaşlar faoliyatini tartibga soliş taşabbusi mahalliy deputatlarning biridan çiqqaniga urğu berilgan.
“Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining deputatlaridan birining söroviga asosan joriy yil 25 fevral kuni Toşkent şahar Xalq deputatlari kengaşining 57-sessiyasida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasiga Toşkent şahri bozorlaridagi arava xizmatlari va körsatilgan xizmat uçun xaq oliş yuzasidan masalani örganiş topşirilgan. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahar xududiy boşqarmasi boşliği J.Turobov mazkur masalani örganib, tasvirlarda körsatilganidek hisobot bergan.
Bundan taşqari, bozorlarda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va ularga qulayliklar yaratiş maqsadida bozorlar ma’muriyatlari tomonidan aravalarni ijaraga beriş vazifalarini takomillaştiriş yuzasidan u öz fikrlarini bildirgan”, deyiladi qömita bayonotida.
Qömita respublika bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş va xizmatlar körsatiş Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş” qoidalariga muvofiq bozor ma’muriyati tomonidan amalga oşirilişini eslatgan.
“Qömita tomonidan aravakaşlar faoliyatini tartibga soliş va örganiş ötkaziş rejalaştirilmagan”,
















