Litva Belarus ustidan uchib o‘tuvchi samolyotlarni qabul qilmasligini aytdi

Foto: REUTERS / Andrius Sytas
Litva Belarus ustidan uchib o‘tuvchi samolyotlarni o‘z aeroportlarida qabul qilmaydi. Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite Minsk aeroportida belaruslik muxolifatchi jurnalist va Nexta Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevichning hibsga olinishiga izoh berish davomida buni ma'lum qildi.
Taqiqlov 25 may mahalliy vaqt bilan soat 3dan kuchga kiradi.
23 may kuni Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyoti «minalashtirish» haqidagi yolg‘on xabardan keyin Minskda favqulodda qo‘ndirilgan. Samolyot bortida Roman Protasevich bo‘lgan va u Belarus maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olingan.
Samolyot bortida dastlab 126 kishi bo‘lgan, biroq Vilnyusda undan 121 kishi tushgan. Ryanair bosh direktori Maykl O`Lirining ta'kidlashicha, samolyotda Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasining bir necha xodimi bo‘lgan va ular Minskda tushib qolishgan. Protasevich bilan birga unga hamrohlik qilgan qiz – rossiyalik Sofiya Sapega ham ushlangan. Ta'kidlanishicha, yana 3 rossiyalik yo‘lovchi Minskda ushlab qolingan.
Ushbu voqeadan keyin 8ta davlat parlamentlarida Belarus ustidan parvozlarni taqiqlash talab qilingan. Minskda esa Yevropa Ittifoqi Belarus orqali parvozlarni taqiqlamasligiga umid qilishlari ta'kidlab o‘tilgan.
Roman Protasevich Nexta’ning yana bir asoschisi Romanom Putilo bilan birga 2020 yil noyabrda xalqaro qidiruvga berilgan. Tut.by portali ma'lumotlariga ko‘ra, Protasevichga Belarus jinoyat kodeksining bir nechta bandlari, jumladan, «Ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik», «Jamoat tartibini qo‘pol buzuvchi xatti-harakatlarni tashkillashtirish» bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda. Ushbu bandlardan har biri 2 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi berilishini ko‘zda tutadi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

15:31 / 16.04.2025