20:34 / 24.05.2021
13036

Tojikistonda qariyb 84 ming gektar yerni chigirtka bosdi

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Sulaymon Ziyozoda bir oy avval chigirtka tarqalishi to‘g‘risida ogohlantirgan va mahalliy hokimiyatlarni hasharotlarga qarshi kurashish choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligi 83944 gektar ekin maydoniga chigirtka tarqalganini e'lon qildi, deb yozmoqda «Aziya-Plyus». Qayd etilishicha, hozirda 67 ming gektarga yaqin yerga kimyoviy ishlov berilgan. 

Chigirtka eng ko‘p Xatlon oblastidagi ekinlarga (55,1 ming gektar) xavf solayotgani aytilmoqda.  

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Sulaymon Ziyozoda bir oy avval chigirtka tarqalishi to‘g‘risida ogohlantirgan va mahalliy hokimiyatlarni hasharotlarga qarshi kurashish choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Ammo hasharotlar mamlakatning barcha hududlariga tarqalgani va qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish zarurligi sababli chigirtkalarga qarshi kurashish murakkablashmoqda.

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkilotining ta'kidlashicha, chigirtkalarning o‘rtacha galasi bir yil davomida ikki yarim ming kishini boqishi mumkin bo‘lgan ekinlarni yo‘q qilishi mumkin.

Top