Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bitta katta angarda o‘tirib ishlasak deyman» - Jahongir Ortiqxo‘jayev
Toshkentda IT mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun tekin joy qilib berish, hokimiyatni esa hamma kirib chiqa oladigan ochiq turdagi binoga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
25 may kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» festivalining oxirgi kunida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, xokim Tataristonga tashrifidan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.
«Men yaqinda Tataristonga, Qozon shahriga bordim. Ishonasizlarmi-yo‘qmi, parklarga, teatr, muzeylariga bordik, bittama-bitta hamma yog‘ini qarab chiqdik – yosh-yosh yigitlar katta park, muzeylarga rahbar.
Hayron qoldim, ular yoshlarni falonchi muzeyda tajribasi bo‘lgani uchun olmas ekan. Shaharda konkurs qilib, nima niyating bor, qanday ishlaysan, deb olarkan. Bu model menga juda yoqdi. Bugun ertalab hokimiyatda katta majlis bo‘ldi, unda teatrlar, bog‘lar, maydonlar, muzeylarni qayta restavratsiya qilib, jozibali qilish, kovorking markazlari, madaniyat uylarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga IT mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun tekin joy taqdim qilish masalalari ko‘rib chiqildi», – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
U, shuningdek, hokimiyat xodimlari ochiq turdagi ofisda ishlashi lozim, degan fikrda ekanini aytdi.
«Yaqinda o‘zi bitta model o‘ylab topyapmiz. Hozir o‘zi umuman bu hokimiyat idorasida o‘tirishimiz ham noto‘g‘ri. Open space, bitta katta angarning ichida o‘tirishni xohlayapman o‘zi, to‘g‘risini aytaman. Shuning uchun yoshlarning kelib ketishi, hammaning kirib chiqishi oson bo‘ladigan, hammamiz uchun bitta joyda o‘tirib, yangiliklarni tatbiq qilish ustida ishlayapmiz», – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Mavzuga oid
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
11:26 / 29.11.2025
O‘zbekistonda ingliz huquqi amal qiladigan xalqaro IT-markaz tashkil etildi
13:40 / 27.11.2025
Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi
16:40 / 12.11.2025