Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitoblik yigitning pichoqlanishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan o‘tkazilgan navbatdagi sud yana qoldirildi
24 may kuni JIB Kitob tuman sudi holat yuzasidan navbatdagi sud majlisini o‘tkazdi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Sudda tomonlarning advokatlari muzokaraga tayyor bo‘lmagani tufayli sud 26 may sanasiga qadar tanaffus e'lon qildi.
Ma'lumot uchun, avvalgi sud 7 may kuni o‘tkazilgandi. Unda Kitob tuman sud-tibbiy ekspertizasi bo‘linmasi davlat sud eksperti To‘lqin Xolqarayev erkin guvohlik bergandi.
Ekspertning xulosasidan keyin sudlanuvchi Dadaxon Xasanovning advokati Sobit Xushov sudga To‘lqin Xolqarayev kriminalist ekspert emasligini, voqea bo‘yicha qayta ekspert tayinlanishi, voqeani aniqlashtirish lozimligi, Shahzod Usmonovning ko‘zi ko‘rish darajasini ham qayta tekshirishni so‘rab iltimosnoma kiritgandi.
Sud iltimosnoma asosida qo‘shimcha ekspertiza tayinlagandi. Viloyat sud-med ekspertizasi Shahzod Usmonovning ko‘zini qayta o‘rgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
15:09 / 24.05.2026