Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni joriy yil yakuniga qadar tasdiqlamoqchi
Joriy yil 24 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Uchrashuvda Yevropa tomoni O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda moliyaviy-texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi davlatlari o‘rtasida tovar aylanmasini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi. Xorijiy delegatsiya rahbari eksportchilar va tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasida “GSP+” preferensiyalar imtiyozlaridan foydalanish haqida xabardorligini oshirish uchun seminarlar va boshqa zarur tadbirlarni o‘tkazishda YeI ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi bo‘yicha hamkorlik ham davom ettiriladi – yaqin kelajakda tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tomonlar Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB)ni joriy yil yakuniga qadar tasdiqlash maqsadida uning matnini kelishish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga kelishib oldi.
Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Yevropa tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport va logistika aloqalarini mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarini olqishladi hamda bu yo‘nalishdagi ko‘p qirrali hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro hamkorlikning muhokama etilayotgan yo‘nalishlari doirasida kelgusi amaliy harakatlarni belgilab oldi. P.Burian yaqin orada YeI maxsus vakili sifatida o‘z ishini yakunlashini ma'lum qildi va shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy integratsiya masalalarini ilgari surish va Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shilgan salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:20 / 02.03.2024