Toshkent viloyatidagi eng baland turar joy foydalanishga topshirildi
Toshkent viloyatidagi eng baland turar joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Shahar qurilish invest» telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilda qurilishi boshlangan 2ta 16 qavatli turar joy majmuasi nafaqat Chirchiq shahri uchun balki, Toshkent viloyatida ham o‘ziga xos yangilik bo‘ldi.
«Mazkur uylar quyma temir-beton konstruksiya hisoblanadi. Har bir xonadon to‘liq gazlashtirilgan va individual isitish tizimiga ega. Xonadonlar mo‘'tadil iqlimini saqlashi uchun bino tashqi devorlari bazalt mineral plitasi bilan qoplangan. Binoda ikkitadan zamonaviy yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega liftlar o‘rnatilgan. Energiya tejamkor uylarda raqamlashtirilgan texnologiyalar keng qo‘llanilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi, xavfsizlik choralari nanotexnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan», deyiladi xabarda.
Ayni paytda mazkur uylarda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, o‘z egalariga foydalanishga topshirildi. Ushbu uylar aholiga 20 yillik ipoteka asosida berildi. Hozirda hududda yana 2ta, har biri 80 xonadonli 16 qavatli uylar bunyod etilayotgan bo‘lib, tez kunlarda tayyor holda foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
09:30 / 07.12.2024
Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan fuqaro qutqarildi
20:16 / 06.12.2024
Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib kelganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
10:34 / 05.12.2024
Hokimlik balansidagi orderli uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 09.11.2024