– «Nigoh-2030» loyihasining beş yilligini nişonlamoqdamiz. Men boşlanğiç nuqtaga qaytmoqçiman – savolni boşqaçaroq bersak: Agar avvalgidek neft işlab çiqaruvçi badavlat davlat bölib qolişda davom etsak, nima bölardi?

– Ötmişga boqsak, neft Saudiya Arabistoni qirolligiga mislsiz xizmat qilib keldi, lekin barçamiz bilamizki, Saudiya Arabistoni neftdan avval ham mavjud bölgan. Neft keltirgan daromad va yuksaliş biz 30- va 40-yillarda ehtiyojimiz bölganidan ança köp. Binobarin, daromadning va iqtisodiy ösişning hajmi biz kutganimizdan köra yuzlab barobarga köproq böldi. Bu – Saudiya Arabistoni qirolligining barça ehtiyojlarini qondiradi, degan taassurot uyğotgan edi.

Öşanda aholimiz 3 milliondan kam edi. Poytaxt Ar-Riyodda esa 150 ming odam yaşar edi. Vaqt ötişi bilan nufus ösib bordi – saudiyaliklar soni hozirda 3 milliondan 20 millionga yetgan. Neft bizning 60-, 70-, 80- va undan keyingi yillardagi ehtiyojlarimiz va yaşaş tarzimizni qoplab keldi. Biz ayni tarzda davom etsak, aholi ösişining bunday sur'ati bilan standart yaşaş tarzimizni yana 20 yil saqlab tura olardik. Bu – birinçi risk edi. Boşqa tarafdan olib qarasak, biz yaxşiroq darajaga intilişimiz va yanada yuksaliş yöllarini qidiryapmiz.

Bundan taşqari, Saudiya Arabistoni qirolligining iqtisodi asosan neftga boğlanib qoliş riski ham bor. Neft yaqin 40 yoki 50 yilda yaxşigina sinovlarga duçor böladi.

Çeklangan utilizatsiya, narxlarning qulaşi yoki boşqa iqtisodiy silkinişlar bölişi mumkin. Bu birinçi sabab.

Ikkinçi sabab – Saudiya Arabistonida neftdan boşqa bir neça sohalarda juda köp imkoniyat bor. Konçilik, sayyohlik, logistika, sarmoya sohalari – katta imkoniyatlar. Neft borasida muammo çiqmagan taqdirda ham saudlar sifatida mamlakatimizga naf keltiriş uçun ğayratli va intiluvçan bölişimiz şart. Mana şular bizning «Nigoh-2030»ga intilişimiz va kelajakda röbaro‘ kelişimiz mumkin bölgan muammolarni yeçiş hali tegilmagan imkoniyatlardan foydalanişga rağbatlantiradi deb öylayman. Biz yuksalişda, gullab-yaşnaşda va jahon miqyosida raqobatlaşişda davom etamiz.