Isroil va AQŞning Erondagi obektlarga zarbalari natijasida yadroviy dasturni işlab çiqiş kamida bir neça oyga keçiktirildi. Bu haqda 8 iyul, seşanba kuni LCI telekanaliga bergan intervyusida Fransiya taşqi razvedka boş boşqarmasi rahbari Nikolya Lerner aytib ötdi.

Fransiya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Isroil va Amerika zarbalari yadroviy dasturning bir qança elementlariga zarar yetkazgan. «Biz uşbu elementlarning har biri juda jiddiy zarar kördi, deb hisoblaymiz. Yadro dasturi, biz bilganimizdek, sezilarli darajada keçiktiriladi, ehtimol bir neça oyga», — ta’kidladi Lerner. Uning sözlariga köra, Eronning boyitilgan uran zaxiralarining bir qismi yöq qilingan, biroq bir qismi Tehronda qolgan.

Eron uranni deyarli yadroviy qurol yaratiş uçun zarur bölgan darajada boyitgan yagona yadro quroliga ega bölmagan davlatdir. Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) hisob-kitoblariga köra, keyingi qayta işlaş bilan boyitilgan uranning mavjud zaxirasi 10 ta yadroviy bomba yaratiş uçun yetarli böladi. «Bugungi kunda bizda uning qayerda ekanligi haqida ba’zi ma’lumotlar bor, ammo AEXA öz işini davom ettirmagunça aniq ayta olmaymiz. Bu juda muhim. Busiz biz zaxiralarni kuzata olmaymiz», — dedi Nikolya Lerner.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon 2 iyul kuni AEXA bilan hamkorlikni töxtatuvçi qonunni imzoladi. Taşkilot rahbari Rafael Grossi iyun oyi oxirida eronliklar bir neça kaskad sentrifugalar yordamida uranni «oylar içida» yoki undan ham ertaroq qayta boyitişni boşlaşi mumkinligini aytdi. Şu tariqa, u AQŞ prezidenti Donald Trampning Amerikaning Eron yadro inşootlariga hujumlari Tehron yadroviy dasturini «önlab yillar» orqaga surgani haqidagi bayonotini rad etdi.