Eronning Isroilga zarbalari oqibatida ayrim harbiy obektlarga zarar yetgani ma’lum böldi. Bu haqda Reuters anonim qolişni söragan isroillik harbiy amaldorga tayanib xabar berdi.

Agentlikning qayd etişiça, oldinroq Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) harbiy obektlar hujumga uçragnaini tan olmagan. Şu bilan birga, agentlik suhbatdoşining ta’kidlaşiça, «oz sonli» manzillar zarar körganini ta’kidlab, barça obektlar faoliyatini davom ettirayotganini bildirgan. Yetkazilgan zarar tafsilotlarini esa u oçiqlaşdan boş tortgan.

5 iyul kuni The Telegraph naşri sun’iy yöldoş suratlariga tayanib, Eronning zarbalari oqibatida Isroildagi beşta harbiy obektga şikast yetganini yozgandi.

Eron Isroil tomonidan 12 iyun kuni boşlangan aviazarbalarga javoban uşbu mamlakat hududiga raketalar uçirgan. Eron asosiy e’tiborni Isroil şimolidagi Hayfa va Tel-Aviv, şuningdek, köplab harbiy obektlar joylaşgan Beer-Şevaga qaratgan. Eron raketalarining aksariyati tutib qolingan.

Isroil va Eron örtasidagi sulh töğrisida 24 iyun kuni e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Eronda 935 kişi, jumladan, yuqori martabali harbiylar ham halok bölgan, Isroil tomoning yöqotişlari esa 28 kişini taşkil etgan.