Intervyu ötgan hafta e’lon qilinib, ilk qismi matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning ikkinçi qismi matni juz’iy qisqartirişlar bilan e’lon qilinmoqda.
— Davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş qonuni haqida bizda bir neça yildan buyon gapirib kelinadi. Xöş, bu qonun qaçon qabul qilinadi va u amalda qanday işlaydi?
— Bizda bu böyiça siyosiy iroda bor. Davlat rahbari tomonidan oldimizga deklaratsiyalaş tizimini tezlaştiriş masalasi qöyilgan. Bugungi kunda qonun loyihasi işlab çiqilgan. Bunda bizga mahalliy va xorijiy ekspertlar, hamda qator xalqaro taşkilotlar ham yordam berdi.
Biz bu deklaratsiyaning işlab ketişi uçun puxta tizim yaratişimiz kerak.
Bu yerda bizga beriladigan eng katta savol: kimlar deklaratsiyaga kiradi? Davlat xizmatçisi tuşunarli, ya’ni davlat xizmatidan oylik oluvçi hamma doiraga kiradi. Eng yuqori rahbardan to eng quyi xizmatçigaça.

Bizga bu borada takliflar ham bölyaptiki, davlat xizmatçisining qaynota-qaynonasidan tortib, boşqa qarindoşlarining ham mol-mulki deklaratsiyaga kirsin degan. Lekin keyin bizda boşqa savol ham paydo böldiki, nima uçun kimdir qarindoşi uçun javob berişi kerak? U nima uçun mol-mulkini özining kuyovi yoki qayni ukasi uçun jamoatçilikka oçiqlaşi kerak? Ya’ni daxlsizlik masalasi bor bu yerda.
Yana bir masala ham borki, davlat xizmatçisi şu paytgaça olgan, yiqqan mol-mulkini deklaratsiyaga kiritsa, manbasini qanday isbotlab beradi? Ön, ön beş yil avval olingan mol-mulk. Uni qanday isbotlaydi? Oldimizda bu savol ham turibdi. Masalan, menga öxşab xorijda yaxşi stipendiyaga öqigan va nimadir mulk qilganlar bor. Ular bu mol-mulkini isbotlab berişi uçun yana xorijga borib, hujjat olib keladimi?
Bizda uçinçi va eng asosiy masala ham turibdiki, bu tizim. Deklaratsiyalaş tizimi şunday bölişi kerakki, har qanday davlat xizmatçisi öz ma’lumotini unga kirita olsin. Bu ma’lumotlar jamoatçilikka oçiq va himoyalangan bölişi kerak.












