Ziyolilar savollarimizga javob berar ekan, hukumatni korrupsiyaga qarşi ayni paytdagi kuraşi yetarli emasligini ta'kidladi va uni kuçaytiriş böyiça qator tavsiyalar berdi.

Xöş, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining bu borada fikrlari qanday?

Nega oçilganiga hali bir yil ham tölmagan agentlik faoliyatiga nisbatan jamiyatda işonçsizlik paydo böla boşladi?

Korrupsiyani kamaytiriş böyiça hukumat nima işlar qilmoqda?

Agentlik rahbari Akmal Burhonov Kun.uz muxbiri bilan intervyuda şu kabi savollarga javob berdi.

— Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etilganiga 1 yil tölyapti. Öz vaqtida özbek jamoatçiligi bu idoradan juda katta işlarni kutgandi, umid qilgandi. Lekin tan olaylik, bugun mana şu umidlar sönib borayotgandek.

Xöş, agentlik oçilgan paytda siz öz oldingizga qanday vazifa va maqsadlarni qöygan edingiz, hozir nimalar özgardi?

— Albatta, bu katta muddat. Ikkinçi tomondan katta bir idorani oyoqqa turğizib, uning huquqiy asoslarini yaratiş, natija körsatiş ma'lum vaqtni, zarur kuç, vositalarni talab qiladi. Lekin bu bahona bölolmaydi. Çunki iş boşlagan kunimizdan oylik olib kelyapmiz. Natija körsatişga harakat qilinadi.