Samarqand viloyati Urgut tumani Soyğös qişloğida joylaşgan 32-maktabda ana şunday «legioner» öqituvçilar ançagina.

Soyğös qişloği toğlar orasida joylaşgan. Qişloq tegrasidagi toğlarning bir qismi Tojikistonning Panjakentiga, yana bir qismi Qaşqadaryoning Kitobiga ulanib ketgan. Qişloq ahli toğ qirlaridagi uzumzor boğlar va tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Bu qişloqda yaşovçi har bir odam tadbirkor desak mubolağa bölmaydi.

32-maktab direktori Olim Dilmurodovning aytişiça, maktabda jami 46 nafar öqituvçi bor va ulardan 31 nafari boşqa viloyatlardan kelib dars bermoqda. Boşqa viloyatlardan öqituvçilarni Soyğösga maktab ilmiy bölim mudiri Iskandar Nazarov va direktor Olim Dilmurodov taklif etgan.

Matematika fani öqituvçisi Bahodir Egamberdiyev Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan kelib dars beradi: «Maktabga 2009 yil kelganman. Öquvçilar, qişloq ahli ma'qul bölgani uçun şu yerda dars berib kelyapman», deydi ustoz.

Rus tili öqituvçilari Safar Karimov va uning turmuş örtoği Şamsiya Karimova, özbek tili öqituvçisi Marhabo Berdiyeva, fizika fani öqituvçisi Ixtiyor Toşev va uning turmuş örtoği – boşlanğiç sinflar öqituvçisi Xurşida Qodirova Buxoro viloyati Şofirkon tumanidan kelib işlayapti.

«Soyğösdagi maktabga turmuş örtoğim bilan 2012 yilda kelganmiz. Öşandan beri şu yerda öquvçilarga dars beramiz. Maqsadimiz mahalliy yoşlarni özimizga örinbosar qilib tayyorlaş. Qaçongaça maktabga boşqa viloyatlardan kelib dars berişadi? Biz mahalliy kadrlarni tayyorlab berişimiz kerak. Qişloq yoşlaridan ham munosib kadrlar yetişib çiqişi lozim», deydi Safar Karimov.

Özbek tili fani öqituvçisi Dilafröz Muhamedova Buxoro viloyati Qoraköl tumanidan kelgan bölsa, ingliz tili öqituvçisi Hayotxon Allamova Xorazm viloyati Boğot tumanidan kelib öquvçilarga ta'lim bermoqda. Şuningdek, ötgan yili mazkur maktabga Farğona viloyati Söx tumanidan bölgan öqituvçi Asatillo Boboyev ham işga kelgan. Bir söz bilan aytganda, bugun Soyğösdagi maktabda butun Özbekistondan kelib dars berişmoqda.

Öqituvçilarning aytişiça, qişloq ahli ularning hurmatini joyiga qöyadi. Şu sabab ham boşqa viloyatlardan kelib işlayotgan öqituvçilarga böş turgan xonadonlardan joy qilib berişgan. Öqituvçilar orasida oilaviy kelib işlayotganlar ana şu xonadonlarda öz uylaridagiday yaşab kelişmoqda. Biz bilan suhbatlaşgan öqituvçilarning aksariyati Soyğösdagi maktabga işga kelişdan avval borib köray, yoqsa qolib işlayman, yoqmasa qaytib kelaman, deb bu yerga kelganini, qişloq ahlining öqituvçilarga muomalasi va munosabati, yaratilgan şaroitlar yoqib qolgani uçun şu yerda qolib işlaşga qaror qilgani haqida gapirdi.

Ular öquv yili davomida çoraklar orasidagi ta'tilda va turli bayramlar munosabati bilan beriladigan 2–3 kunlik dam oliş kunlarida uylariga borib kelişadi. «Legionerlar» maktabiga safarimiz söngida maktab direktorining ilmiy bölim mudiri Iskandar Nazarov bilan suhbatlaşdik. U 32-maktabda işlayotgan mahalliy öqituvçilardan biri. Şuningdek, Iskandar domla bir paytlar şu maktabda direktor lavozimida ham işlagan va boşqa viloyatlardan kelib işlayotgan öqituvçilarning aksariyatini u olib kelgan.

«1983 yil öqişni bitirib kelib qişloğimizdagi maktabda öqituvçilik qila boşladim. 2–3 yil ötib tadbirkorlik qiliş uçun işdan böşadim. Oradan yillar ötib, 2011 yilda 32-maktabga direktor etib tayinlaşdi. Öşa paytda bu maktabda oliy ma'lumotli pedagog yöq edi. Öqituvçilarning aksariyati örta maxsus diplomli, ayrimlari maktab attestati bilan dars berardi. Şundan söng men maktabdagi holatni yaxşilaş uçun öz hamkurslarim yordamida Buxoro viloyatining Şofirkon tumanidan bir guruh öqituvçilarni topib, bu yerga işga olib keldim. Ularni uyimga joylaştirib, barça şaroitni yaratib berdim. Şu tariqa öşandan buyon boşqa viloyatdan yaxşi öqituvçilarni taklif etib kelyapmiz. Maqsadimiz — qişloq bolalaridan ham öqimişli yoşlar çiqişi.

Qişloğimiz ahli azaldan tadbirkorlik bilan şuğullanib, yaxşi pul topadi. Şu sabab öqişga qiziqiş kam, OTMga topşiriş haqida ham köpçilik öylamaydi. Ammo sönggi yillarda holat özgardi. Odamlarimizning ilmga, öqişga qiziqişi ortyapti. Şu sabab bugun maktabimiz bitiruvçilarining 25 nafardan oşiği turli OTMlarda tahsil olmoqda», deydi Iskandar domla.

Soyğösdan qaytar ekanmiz, bu qişloqda yoş avlod işonçli qöllarda ekaniga amin böldik. Tadbirkor elning bolalari ham öqişga qiziqişni boşlagan ekan, tez orada ularning özi hamqişloqlarini öqita boşlaydi. Ham tadbirkorlik, ham ta'lim rivojlangan joyda esa taraqqiyot tezlaşadi.

Ğayrat Yöldoş, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.