O‘zbekiston | 11:08 / 07.06.2021
17167
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident shu hafta chorvachilik bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi va Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi.

“Bugun barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi yuzasidan taqdimot, ertaga chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan”, dedi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, bular haqida O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid