O‘zbekiston | 22:02 / 20.11.2025
2449
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Asadov Euronews direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Euronews o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Euronews media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Euronews o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, jurnalistlarning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda O‘zbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishib oldik”, deb yozdi Sherzod Asadov.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid