Sport | 20:37 / 08.06.2021
6300
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasida 29 sportchi qochqinlar jamoasi uchun ishtirok etadi 

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘z saytida Tokio Olimpiadasida ishtirok etuvchi qochqinlar jamoasi tarkibini e'lon qildi. Unga ko‘ra, jamoa uchun 12ta sport turi bo‘yicha 29 sportchi ishtirok etadi.

Foto: Reuters

Birinchi marta bunday jamoa 2016 yilda Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etgan edi. O‘shanda jamoa sharafini 10 nafar qochqin sportchi himoya qilgandi.

Tokio Olimpiadasida ishtirok etuvchi qochqinlar jamoasi a'zolari 12-13 iyulda Dohada yig‘ilib, 14 iyulda Yaponiyaga jo‘nab ketadilar. 23 iyulda Olimpiada ochilishi marosimida qochqinlar jamoasi Gretsiya jamoasidan keyin stadionga ikkinchi bo‘lib chiqadi. Jamoa ishtirokchilarini taqdirlash marosimida va u bilan bog‘liq boshqa tadbirlarda Olimpiya bayrog‘i ko‘tariladi va Olimpiya madhiyasi yangraydi.    

Ta'kidlab o‘tish joiz, qochqin sportchilar orasida Suriya, Janubiy Sudan, Eritreya, Venesuela, Eron, Afg‘oniston, Kamerun, Kongo, Iroq vakillari bor. Ular suzish, yengil atletika, boks, velosport, dzyudo va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z jamoalari sharafini himoya qiladilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid