Rasmiy qaror YeI kengaşi tomonidan duşanba, 23 fevral kuni qabul qilindi va u Yevropa böylab boşpana beriş qoidalarini isloh qiliş doirasida 12 iyun kuni kuçga kiradi.

Yangi qoidalarga köra, Germaniya va YeIning boşqa davlatlari odamlarni uçinçi mamlakatlarga, hatto boşpana sörovçilarning u yerda heç qanday şaxsiy boğlanişi bölmagan taqdirda ham, deportatsiya qilişi mumkin böladi. Ilgari buning uçun “yaqin aloqa” — masalan, qarindoşlar yoki uzoq muddat u yerda yaşaganlik tarixi talab qilingan. Endi esa YeI a’zosi bölgan davlat bilan tegişli uçinçi davlat örtasida kelişuv bölişi yetarli. Bunday model avvalroq Buyuk Britaniya tomonidan sinab körilgan va “Ruanda modeli” deb nom olgan.

Bundan taşqari, YeIning barça a’zolari amal qiladigan, kelib çiqiş böyiça umumevropa “xavfsiz mamlakatlar” röyxati ham yakuniy tasdiqlandi. Unga Şimoliy Afrika mamlakatlari — Marokaş, Tunis va Misr, şuningdek Kosovo, Kolumbiya hamda Janubiy Osiyo davlatlari — Hindiston va Bangladeş kiritildi.

Uşbu mamlakatlar fuqarolariga nisbatan Germaniya va YeIning boşqa davlatlaridan deportatsiya qiliş arizalarni körib çiqişning tezlaştirilgan tartibi hisobidan tezroq amalga oşirilişi mumkin böladi. Şu bilan birga, boşpanadan avtomatik rad etiş nazarda tutilmagan: uni beriş uçun asoslar baribir tekşirilişi şart.

YeIga a’zo bölişga nomzod mamlakatlar ham öz fuqarolari uçun “xavfsiz” deb hisoblanadi. Ular qatoriga, masalan, Serbiya, Albaniya, Çernogoriya va Turkiya kiradi. Biroq bu qoidadan istisnolar bölişi mumkin — agar tegişli mamlakatga nisbatan YeI sanksiyalar joriy etsa yoki u yerda qurolli töqnaşuv boşlansa. Bunday röyxatlarni hozirgaça YeIning ayrim a’zolari, jumladan Germaniya ham, alohida yuritib kelgan.

Fevral oyi örtasida YeI migratsiya qonunçiligini qat’iylaştirişni Yevropa parlamenti ma’qullagan edi.