Qozonning «Rubin» klubini tark etgan Vitaliy Denisov öziga yangi jamoa topdi, deya xabar bermoqda matchtv.ru.
Manbaga köra, Özbekiston milliy jamoasiga nomzod himoyaçi Rossiyaning birinçi ligasi sanalmiş FNL iştirokçisi Volgagradning «Rotor» klubi maşğulotlariga kelib qöşildi. 32 yoşli özbekistonlik futbolçi FNLda peşqadamlik qilayotgan «Rotor» bilan Turkiyada yiğin ötkaziş uçun jönab ketgan.
Ma'lumot uçun, Vitaliy Denisov uşbu mavsumda «Rubin» safida 8 öyinda maydonga tuşgandi.
Eslatib ötamiz, Rossiya Premer-ligasiga çiqiş uçun kuraş olib borayotgan «Rotor» jamoasini hozirda Aleksandr Xatskeviç boşqarayotgan bölsa, hamyurtimiz Maksim Şatskix murabbiylar ştabida unga yordam bermoqda.












