Qozonning «Rubin» klubi va 32 yoşli özbekistonlik himoyaçi Vitaliy Denisov ikki tomonning roziligi asosida şartnomani bekor qilişdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
«Krilya Sovetov» jamoasidan «Rubin» klubiga 2019 yilning iyun oyida ötgan Vitaliy Denisov jamoasi safida Premer-liga doirasida 8 öyinda, Rossiya kubogi doirasida esa bitta bahsda maydonga tuşdi. Vitaliy Denisov qişki transfer oynasi vaqtida öziga boşqa klub topişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Rossiya Premer-ligasi birinçi davrasidan keyin 13-örinda borayotgan Tatariston klubi dekabr oyida Roman Şaronovni iste'foga çiqarib, Leonid Slutskiyni boş murabbiy etib tayinlagandi.












