O‘zbekiston | 10:42 / 09.06.2021
2168
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda  ortda qolgan 6 oyda tibbiyot birlashmalarida 327 ta qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgan

Foto: KUN.UZ

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tibbiyot birlashmalarining tibbiy ma'lumotlarni belgilangan muddatda va tartibda kiritilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. 

O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy ma'lumotlarni elektron tizim orqali FHDYo organlariga yuborishda jami 327 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tibbiyot muassasalarining jami 5 nafar mas'ul xodimlari va rahbarlariga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi, 6 nafar mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, o‘rganish yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma hamda barcha tibbiyot muassasalariga ogohnoma kiritildi.

Mavzuga oid