Nega 440 ming söm? Minimal iste'mol xarajatlari miqdori haqida ekspertlar bilan suhbat
|23:35 / 09.06.202137 12318 min
«Iqtisodiy xabarlar tahlili» loyihasining navbatdagi sonida moliyaçi Otabek Bakirov hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi şu'ba mudiri Baxtişod Hamidov dastlabki hisob-kitoblarga köra, e'lon qilingan minimal iste'mol xarajatlari va uning quyi qatlam hayotidagi ahamiyati haqida suhbatlaşişdi.
— Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tomonidan minimal iste'mol xarajatlari 440 ming söm etib belgilangani e'lon qilindi. Bu raqamlarning quyi qatlam vakillariuçun qanday ijobiy tomonlari bor?
Otabek Bakirov: Bu miqdor 5400 nafar respondentning kundalik hayoti, ehtiyojlari, daromadlari va xarajatlarini örganiş natijasida aniq metodologiyaga asoslangan tahlillarga köra olingan summa hisoblanadi. Bu miqdorning adolatli yoki adolatsiz ekani haqidagi kalimani işlatiş bu yerda töğri bölmaydi. Çunki qaysidir tahlillarda yoki sörovlardan kelib çiqqan natija uçun adolatli yoki adolatsiz sifatida qaraydigan ölçov mavjud emas. Bu aniq holat.
Sörov natijalari, uning kriteriyalari, metodologiyalari, boşidan oxirigaça qanday mezonlar asosida qurilgani hammaga oçiq-oydin bildirildi, aniqlaştirildi. Albatta, köp sonli Özbekiston aholisi uçun bu muhim körsatkiç. Aholining qaysidir toifasi bu summani özlarining hayot tarzi va daromadlaridan kelib çiqib yuqori deb hisoblaşi mumkin, qaysidir boşqa aholi toifasi esa öz daromadlaridan kelib çiqib kam miqdor deb baholaşi mumkin, ammo bular öta sub'yektiv, motivatsiyaga ega bölmagan şaxsiy qaraş böladi.
Baxtişod Hamidov: 440 ming sömning adolatli yoki adolatsizligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan izohlar, aholi keng qatlamlarining fikrlaridan kelib çiqib ham fikr bildiriş mumkin. Lekin bu yerda bir narsaga e'tibor qaratiş kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda köp kuzatilayotgan e'tirozlarning asosiy sababi, minimal iste'mol xarajatlarining (MIX) faqat kambağal aholiga emas, balki köpçilik tomonidan hammaga tegişli raqam sifatida tuşunilayotganida, deb hisoblayman.
Baxtişod Hamidov
Biz MIXga umumiy aholiga nisbatan emas, kambağal aholi xarajatlariga nisbatan qaraşimiz kerak. Bu raqam faqat aholining eng quyi tabaqasini örganiş natijasida şakllantirilgan, aholining barça tabaqalariga tegişli emas. Bilamizki, beş qöl barobar emas, jamiyatda turli qatlam vakillari bor. MIX faqatgina kambağal qatlam vakillari uçun qöllanadi.
Boy va örta qatlam uçun bu miqdor kam tuyilişi mumkin, ammo kambağal qatlam uçun bu narsani alohida örganiş talab etiladi, ya'ni kommentariyalarni kambağal qatlam asosan yozmaydi. Interneti bor, asosan, Toşkentda istiqomat qiluvçi farovonlik darajasi nisbatan yuqori bölgan odamlar özlaridan kelib çiqib aytayotgan bölişi mumkin. Sörovnomada qatnaşgan aholining kambağal 30 foizi ham viloyatlardagi qişloq joylarida istiqomat qilişi sabab, internet bilan muammosi tufayli bunday bahslarga kirişmayotgan bölişi mumkin. Ularning fikrlarini eşitiş bizlar uçun hozir qiyin.
Mavzuga oid
MIXni şakllantirişdan asosiy maqsad ham kambağallikka qarşi kuraş va öşa minimal belgilangan 440 ming sömdan ham kam daromad topadigan oilalar holatini örganib, ularga yordam qiliş.
Otabek Bakirov: Yuqoridagi fikrlarga qöşilgan holda şuni aytmoqçimanki, bekorga metodologiyada 5400ta uy xöjaligi tanlab olinmagan. Ularning reprezentativ bölgani tanlanmada asosiy masala bölgan. Ikkinçidan, tanlab olingan uy xöjaliklari 10 guruhga bölinib, eng kam daromadga ega bölgan 30 foiz guruhning natijalaridan kelib çiqib olingan miqdor hisoblanadi.
Otabek Bakirov
Bir narsaga e'tibor berişingizni sörardim, şu paytgaça bizda milliy kambağallik çegarasi kriteriyasi mavjud emasdi. Bu körsatkiç öta sub'yektiv va turli byurokratik qaraşlar natijasida şakllangan ölçovlar natijasida belgilangan. Misol uçun, «Ayollar daftari», «Yoşlar daftari», «Temir daftar» şular jumlasidandir. Çunki özimizning umumqabul qilingan kriteriyalarimizga ega bölmaganmiz. Bu e'lon qilingan miqdor aholining sörovlarda bevosita özi tomonidan bildirilgan xarajatlari va daromadlari natijasida kelib çiqqan, ya'ni ularning kundalik ehtiyojlari, iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari uçun işlatadigan xarajatlarining qiymatidan şakllantirilgan. Kimdir ularga 1 kg göştni 50 ming sömdan olarkansan yoki 70 ming sömdan olarkansan, şu miqdor bilan körsat, 10ta tuxumning narxini 10 ming söm qilib, yana kimgadir esa 20 ming söm qilib körsat deb aytmagan, kim uşbu mahsulotlarni qançaga xarid qilgan bölsa, özidan kelib çiqib körsatgan. Öşa körsatgan respondentlar içida eng quyi daromadlarga ega bölgan qatlamdan 30 foizi ajratib olingan. Bunda qöllangan oziq-ovqat qiymatida yuqori daraja 2200 kaloriyali qiymat olingan. Şulardan kelib çiqib belgilangan summani mana bugun hamma bilib turibdi.
Baxtişod Hamidov: Har birimiz alohida olammiz. Oddiygina sizning, mening yoki viloyatlar böyiça iste'mol odatlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, birgina guruçning 10 xil navi mavjud. Tabiiyki, boy qatlam qimmatroq, kambağal qatlam arzonroq guruç iste'mol qiladi. Hammaning öz iste'mol odatlari bor. Öşandan kelib çiqib MIXni belgilaş eng kam daromad topadigan va sörovnomada qatnaşgan 30 foiz odamlarning özlari bildirgan fikrlari va iste'mol odatlaridan kelib çiqib hisoblangan miqdordir. Ya'ni guruçning eng qimmat yoki örtaça narxi olinmagan bu yerda, aynan kambağal qatlam qanaqa guruç iste'mol qilsa öşa guruçning narxi olingan.
— MIXning e'lon qilinişi aholining kundalik hayotiga qanday ta'sir qiladi? Hukumat tomonidan aniq dastur işlab çiqiladimi? Sodda qilib aytganda, bu raqamlarning e'lon qilinişi kambağal qatlam hayotida qanday özgariş yasaydi?
Baxtişod Hamidov: Sizni taşvişlantirayotgan savolni töğri tuşunamiz. Xöş, 440 ming sömni e'lon qildik, endi nima böladi? Umuman, bu miqdor nimaga e'lon qilindi?
Avvalo, hozirda kötarilayotgan muhokamalarning tagini tuşunib olişimiz kerak. Birinçi örinda, bundan keyingi davrda 440 ming sömlik çegaraning e'lon qilinişi hukumat tomonidan kambağallikka qarşi kuraşda asos vazifasini ötaydi. Endilikda şu miqdordan kelib çiqib, fuqarolarga belgilanadigan nafaqalar, ijtimoiy yordamlar qayta körib çiqiladi, çunki bu tadbirlar kambağallikni kamaytirişdagi asosiy çoralar hisoblanadi. Şunga öxşagan narsalarni davlat nimadandir kelib çiqib belgilaşi kerak edi. Bundan keyin nafaqalar MIXdan kelib çiqib belgilanadi.
Şuningdek, narx-navo keskin ösib ketişining oldini olişda ham bu miqdor muhim. Masalan, aholining kundalik hayotida har kuni iste'mol qilinadigan mahsulotlardan biri – yoğ hisoblanadi. Yoğ narxi keskin oşib ketişi oddiy fuqarolar hayotiga jiddiy ta'sir ötkazdi. Endilikda kambağal aholi kundalik iste'mol qiladigan asosiy mahsulotlari röyxatini şakllantirib, bu mahsulotlar narxlari keskin tebranib ketişining oldini olişga doir çoralar köriladi. Boşqa yönalişlarda ham MIXdan foydalanişga ötiladi.
Otabek Bakirov: Raqamlarga e'tibor beradigan bölsangiz, turli ijtimoiy qatlamlarga belgilangan nafaqalar, moddiy yordamlar mavjud. Hozir aniq raqamlarni aytadigan bölsam adaşişim mumkin. Yoki 2 yoşgaça, 14 yoşgaça bolalarga beriladigan yordam pullari mavjud. Albatta, endilikda davlatning tegişli ijtimoiy siyosatini yuritadigan organlar moddiy yordam miqdorlarini MIXdan kelib çiqib qayta körib çiqadi.
Yana bir narsaga e'tibor qaratişni istardim, joriy yil uçun davlat budjeti qabul qilinayotgan paytda hali MIX miqdori e'lon qilinmagan edi. Davlat rahbarining 2021 yil yanvar oyidagi parlamentga murojaatnomasida MIXni hisoblaş va e'lon qiliş vazifasi yuklatildi. Hozirgi 2021 yilning bu yoğidagi asosiy vazifa joriy yil uçun MIXni hisoblaş va 2021 yil budjetida bizning ijtimoiy siyosatimizning taktika va yönalişlarini belgilaydigan özgariş va xarajatlarni aks ettiriş böladi.
2022 yilning budjetida esa bizning ijtimoiy siyosatimiz strategiyalaridan kelib çiqib, qöşimça xarajatlar budjetda aks etişi kerak deb hisoblayman. Albatta, bizda buning imkoniyatlari yana bir bor çamalanişi kerak, şart-şaroitlari hisobga olinişi kerak. Çunki ötgan 2020 yildagi vaziyat bilan 2021 yildagi vaziyat va davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari oldida ham keskin farqlar mavjud. Şu sababli, kelasi yilgi budjet haqida gapirganda köproq MIXdan kelib çiqadigan oqibatlar haqida öylaydigan bölsak, 2022 yilgi budjetning siyosati, mundarijasi haqida öylaşimiz kerak böladi. Albatta, davlat idoralari bu borada özlarining aniq vazifalari, çora-tadbirlarini belgilab olişi kerak. Endilikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Pensiya jamğarmasi kabi taşkilotlar oldida ham bu bilan boğliq yangi-yangi vazifalar paydo böladi.
— Statistik ma'lumotlarga köra, davlatdan ijtimoiy yordam oladigan oilalar soni 2020 yil davomida ikki barobar oşgan. Davlat budjeti katta ijtimoiy xarajatlarga tayyormi?
Otabek Bakirov: Şuni ta'kidlaş kerakki, bu holat, albatta, pandemiya ta'siridagi inqiroz natijasida yuz berdi. Şu sabab, bizda ijtimoiy yordamga muhtoj aholi birdaniga ikki barobarga oşib ketdi, deb öylaş notöğri böladi. Aholining ötgan yilgi inqiroz holatidan yumşoqroq ötişi uçun moddiy yordamga muhtoj aholining kengroq qatlamlarini qamrab oliş natijasida bu holat yuz berdi.
Ayni paytda 1 million 260 ming oila ijtimoiy yordam olayotgan bölsa, bu raqamlar kelajakda ösişi ham, kamayişi ham mumkin. Bu ijtimoiy siyosatning qançalik töğri yölga qöyilişiga boğliq böladi. Keyingi davrda davlatning ijtimoiy siyosati yumşatilişi yoki kuçaytirib borilişi ham mumkin, bu vaziyatdan kelib çiqib qilinadigan çoralarga boğliq böladi.
Baxtişod Hamidov: Albatta, barçamiz bu raqamlar kamayişidan manfaatdormiz. Heç kim jamiyatda kambağallar köpayişini xohlamaydi. Hammamiz aholining kambağallik qopqonidan çiqib ketişi tarafdorimiz.
Bu raqamlarni kamaytiriş uçun birinçi örinda nafaqa oluvçilar sonini köpaytiriş kerak, degan xulosaga kelindi ba'zi holatlarda. Sababi, koronainqiroz bilan boğliq holatlar köpçilikni qiynab qöydi. Jahon banki ma'lumotlariga köra, butun dunyoda yuz minglab odamlar kambağallik çegarasiga kelib qoldi. Ular daromad manbayini yöqotdi, özini tiklaşga qançadir vaqt ketdi, qarzga botdi. Bunday vaziyatda davlat moddiy jihatdan aholini qöllab-quvvatlamas ekan, aholi kambağallik qopqoniga tuşib qoladi. Çunki ular hozir qarzdor va işlagan pulini qarziga tölaydi, özi yaxşi ovqatlanmaydi, bu soğliği yöqotilişiga olib keladi. Natijada farzandlariga e'tibor qarata olmaydi, farzandlari ham töğri bilim ololmaydi, maktabga vaqtida borolmaydi. Bu tendensiya aholi turmuşida zanjir orqali ulangan salbiy oqibatlarni keltirib çiqaraveradi. Aholi kambağallik qopqoniga tuşib qoladi.
Şu sababli, oxirgi paytlarda ijtimoiy nafaqa oluvçilar sonini köpaytiriş böyiça işlar olib borildi va ularning soni köpaytirildi. Bu narsadan asosiy maqsad insonlar tezroq özlarini önglab olib, kambağallik holatidan çiqib ketişi uçun qilinayotgan harakat. Davlat soliqlarni yiğib olyapti va kambağallarga tarqatyapti deb öylamaslik kerak, bu narsa keyingi yillarda samaradorlikka erişiş maqsadida qilinayotgan işlardir.
Otabek Bakirov: Ijtimoiy yönaltirilgan davlat idealida öz fuqarolariga ijtimoiy yordam emas, ijtimoiy ne'matlar taqdim etadi. Bular – sifatli ta'lim, tibbiyot, xavfsizlik va axborot kabilardir. Öz taraqqiyot yölini topib olgan, barqaror va örta sinfga ega bölgan davlatlarda hukumat va fuqarolar örtasidagi ijtimoiy munosabatlar şu omillar asosida quriladi.
Doimiy ravişda ijtimoiy yordam beriş yoki ijtimoiy yordam oladigan aholi qatlamlarini köpaytiriş ustiga qurilmaydi. Kambağallikka qarşi kuraş sohasidagi dastlabki vazifa ham ijtimoiy yordamga muhtoj odamlar qatlamlarini aniqlab oliş va ularni kambağallik zanjiridan çiqarib olişdir. Undan keyingina, ya'ni kundalik hayot tarzi muammosidan boş çiqara olgan fuqarogina boşqa ijtimoiy ne'matlarga e'tibor qarata oladi. Ya'ni ta'lim bilan, soğliqni saqlaş bilan, axborot bilan boğliq bölgan ijtimoiy ne'matlarga e'tibor qarata oladi.
Hozirda bizning ijtimoiy siyosatimizdagi asosiy muammo ham şunda. Haddan ziyod ta'limga, soğliqni saqlaşga, axborotga, infratuzilmaga xarajat qilganimiz bilan, bularning juda ham köp qismi kambağallik çegarasi va undan quyi poğonadagi aholining foydalana olmasligiga olib kelişi ham mumkin-da.
Bu qatlamning turmuş darajasini kötariş kerak, albatta. Istiqbolda ijtimoiy nafaqa oluvçi aholi qatlami kamayib borişi kerak. Ötgan yilgi ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni oşişi fors-major holat. Bu – inqiroz natijasida yuzaga keldi. Istiqbolda ijtimoiy yordam oladigan aholi soni yildan yilga kamayib, ijtimoiy nafaqa miqdori köpayib borişi kerak.
Baxtişod Hamidov: Töğri ta'kidlab ötildiki, hozir 440 ming sömni olyapmiz va uni optimal raqam deb atayapmiz. Optimal degani undan past ham bölmasligi kerak, baland ham bölmasligi kerak. Past bölmasligi kerak degani, odam kambağallik holatiga tuşib qolgaç, birlamçi ehtiyojlarini qondirişi kerak. Agar bu miqdor birlamçi ehtiyojlarga ham yetmaydigan bölsa, bu tölanayotgan summadan foyda bölmaydi. Çunki öşa kambağal inson baribir kasal bölib qolişi mumkin, bolasini vaqtida maktabga jönata olmasligi mumkin. Şuning uçun bu optimal darajada bölişi kerak.
Endi köp bölmasligi kerak deyapmiz. Bu mablağlar davlat budjetidan ketayotgan mablağ va qaysidir boşqa sohaga sarflanişi mumkin. Ikkinçidan, köp qilib belgilasangiz, işlayotgan odam ham iş taşlab yuborişi mumkin. Masalan, kimdir işlayapti va olayotgan oyligi özining minimal xarajatlarini qoplaşga yetyapti. Optimal darajadan balandroq belgilasangiz, davlatdan moddiy yordam oliş strategiyasiga ötib olişi mumkin. Bu kabi holatlardan AQŞda qörqişadi. U yerda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda kambağallikka qarşi ikki barobar kam mablağ sarflanadi. U yerdagi davlat siyosati aholining davlatga qaram bölib qolişining oldini olişga qaratilgan.
Biz hozirgi holatimizda Yevropa strategiyasining ham, AQŞ strategiyasining ham yaxşi tomonlarini olişimiz kerak. Yevropada kambağallik omadsizlikning natijasi, AQŞda esa dangasalikning natijasi desa böladi. Hozir biz har ikki tomonning töğri tomonlarini olib, optimal yondaşişimiz talab etiladi va şunga qarab ketyapti deb öylayman.
— E'lon qilingan 440 ming söm bölgan MIX miqdori qança paytda qayta körib çiqilişi kerak? Oziq-ovqat sektorida inflatsiya darajasi yuqori. Şu jihatlar ham inobatga olinganmi?
Baxtişod Hamidov: Töğri aytdingiz, bu raqamlar ayni paytdagi iqtisodiy holatimizdan kelib çiqib özgarib turişi kerak. Siz Yevropaga borsangiz, u yerda narxlar özgarişi sekinroq bölişini körişingiz mumkin, ammo bizda rivojlangan davlatlarga nisbatan narxlar darajasi ösişi ança yuqori. Bu şuni anglatadiki, vaqt ötişi bilan narxlarni töğrilab borişimiz kerak.
Fikrimça, yil yakunida inflatsiya darajasi e'lon qilinganidan keyin bu raqamlar yana qayta körib çiqilib, özgartirilişi kerak. Yana bir yöli, har yili şunga öxşagan tadqiqot ötkazib, natijasini olib, qöllasa böladi. Lekin bu xarajatli va köp vaqt talab qilişi mumkin. 10 ming odamdan sörovnoma ötkaziş ham qiyinçiliklar tuğdiradi. Köp mamlakatlarda MIX miqdori har 5 yilda bir marta tadqiqotlar, sörovnomalar va tahlillar natijasida hisoblab çiqiladi. 5 yil içidagi miqdor esa inflatsiya darajasidan kelib çiqib, oşirib borilaveradi.
Otabek Bakirov: Boya ta'kidlab ötganimdek, 2022 yil uçun MIX miqdori 10 ming respondentni qamrab olgan holda e'lon qilinadi, ya'ni indeksatsiya yöli bilan emas. Bunda respondentlar örtasida yangidan sörovnoma ötkaziladi. Yana bitta narsani aytib ötişim kerak, öşa kungi matbuot anjumanida ham ta'kidlandiki, kutilayotgan inflatsiyani inobatga olgan holatda degan fikr aytib ötildi. Bunda ötgan yilgi inflatsiya darajasidan kelib çiqib emas, joriy yilda kutilayotgan inflatsiya inobatga olingan. Ya'ni respondentlar tomonidan ötkazilgan sörov natijasida kelib çiqqan summa va kutilayotgan inflatsiya bir-biriga korrelyatsiya qilingan holda minimal iste'mol xarajatlarining miqdori belgilanişi ham mumkin.
Baxtişod Hamidov: Sörovnoma özi 2021 yilda ötkaziladi. Bu degani yanvar oyidan dekabrgaça 12 oy davomida 10 mingta uy xöjaligi qamrab olinadi. Natija 2022 yilda e'lon qilinsa, kutilayotgan inflatsiya hisobga olinişi kerak böladi u paytga borib. Biz nega har oyda qançadir uy xöjaliklarini olyapmiz, qişda narxlar boşqaça, yozda narxlar boşqaça, bahorda narxlar boşqaça hisoblanadi. Bunda mavsumiylikning ta'sirini çiqarib taşlaş uçun şunday çoralar köriladi.
— Ba'zi mahsulotlar narxi keskin oşişi kambağal aholi hayotiga keskin ta'sir qiladi. Xususan, yaqinda kuzatilgan yoğ, göşt narxlari keskin oşganini olaylik. Bu umumiy inflatsiyada 0,1-0,2 foizni taşkil etişi mumkin. Bu jihatlar ham inobatga olinganmi?
Baxtişod Hamidov: Birinçidan, MIX qabul qilişdan közlangan maqsadlardan biri ham kambağal aholi qaysi mahsulotlarni köproq iste'mol qilayotganini örganiş va biliş. Ikkinçi maqsad, aholining quyi qatlami va boşqa qatlam vakillari örtasida farqlarni aniqlab oliş hisoblanadi. Uçinçidan, kambağal aholi iste'mol qiladigan mahsulotlarning narxlarini monitoring qilib borişdir. Kambağal aholi qaysi nav un iste'mol qilyapti, qaysi nav guruç iste'mol qilyapti. Aynan uşbu mahsulotlar bazasi yaratiladi va narxlar keskin ösib ketişi monitoring qilinadi. Bu narsalar tadqiqot ötkazilgandan keyin nazoratga olinişi töğri böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi