Sud yolğon axborot tarqatiş moddasi böyiça işni körib çiqiş muddati ötib ketganligi sababli, ma’muriy huquqbuzarlikka oid işni tugatiş haqida qaror qabul qildi.
Bu haqda 7 may kuni Yaşnobod tuman sudida bölib ötgan majlisdan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ma’lumot uçun, MJtKning 36-moddasiga köra ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boşlab bir yildan keçiktirmay qöllanilişi mumkin. MJtKning 271-moddasi 7-bandiga köra, ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiqiş paytiga kelib jazo qöllaş muddati ötib ketgan bölsa, ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritişni boşlaş mumkin emas, boşlangan iş esa tugatilişi lozim.
Mazkur işga metan-şoxobçalarning iş vaqtini körsatişi kerak bölgan Auto24 ilovasi haqida Otabek Bakirov bildirgan tanqidiy fikrlar hamda uning Telegram-kanalida energetika muammolari haqida yozgan postlari asos bölgan edi.











