1 may kuni Yaşnobod tuman sudida iqtisodçi va bloger Otabek Bakirov hamda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov örtasidagi iş körib çiqilişi kutilgan edi. Işga 2024 yilda Bakirov tomonidan davlat mablağlariga yaratilgan Auto24 ilovasi faoliyati yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikrlar hamda uning Telegram-kanalida energetika muammolari haqida yozgan postlari asos bölgan.

Avvalroq içki işlar idoralari uşbu murojaatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatişni rad etgan. Biroq prokuratura e’tirozi bilan iş ma’muriy tartibda qayta tiklangan va sudga oşirilgan. Blogerga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 202-2-moddasi – yolğon axborot tarqatiş alomatlari körib çiqilyapti.

1 may kuni tomonlar sud majlisiga soat 11:00 ga çaqirilgan. Jarayonni yoritiş uçun jurnalistlar va huquq faollari ham yetib kelgan. Biroq uç soatga yaqin kutişdan söng, sud majlisi qoldirilgani ma’lum qilindi.

Tomonlar nizo yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Vazirlik: “Hamkorlikka tayyormiz, lekin ma’lumotlar tekşirilgan bölişi kerak”

Energetika vazirligi yuridik bölimi boşliği Oybek Qöçqorovning aytişiça, vazirlik jamoatçilik bilan işlaşda oçiqlik tarafdori va tanqidni inkor etmaydi. Biroq u har qanday e’lon qilinayotgan ma’lumot tekşirilgan bölişi kerakligini ta’kidladi.

Şuningdek, u Auto24 ilovasi davlat tomonidan katta mablağ sarflab yaratilgani haqidagi fikrlarni rad etdi.

“Bu ilova oldindan mavjud platforma bölgan, unga hamkorlik asosida qöşimça funksiyalar kiritilgan. Uni “milliardlab mablağ sovurilgan loyiha” sifatida talqin qiliş notöğri”, – dedi u.

Vazirlik vakili bloger postlarida işlatilgan ayrim iboralar, xususan “Mirzamahmudov ilovasi” degan ifoda aniq şaxsga nisbatan notöğri tasavvur uyğotişini bildirdi.

“Şartnoma taklif qilingan”

Qöçqorovning aytişiça, vazirlik bloger bilan oçiq muloqot qilişga urinib körgan.

“Lolazor” podkastida vazirimiz tomonidan taklif ham berilgan: agar tizimni rivojlantiriş böyiça takliflaringiz bölsa, birga işlaylik, şartnoma tuzaylik, degan gaplar bölgan. Bu kimningdir “oğzini moylaş” emas, balki tizimni rivojlantiriş uçun hamkorlik taklifi”, – deydi u.