Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘tgan 5 oy davomida qariyb o‘n mingta nikoh qayd etilgan
Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlari va FHDYo arxivi tomonidan 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, davlat xizmatlari markazlarining boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan integratsiyalashuvi, tashkil etilgan yangi xizmat turlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida so‘z olgan DXA Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ra'no Boyqo‘ziyevaning ta'kidlashicha, DXA: viloyatda aholiga 502 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilgan. 2021 yilning o‘tgan 5 oyi davomida 9 802 ta nikoh qayd etilgan. Viloyatning 21 ta Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 1 iyun holatiga 9 802 ta nikoh, 35 125 ta tug‘ilish, baxtga qarshi 1 722 ta ajrim, 7 191 ta o‘lim holatlari qayd etildi.

2021 yilning 1 iyun holatiga hududlardagi 19 ta tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga jami 502 074 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
4 152 ta tadbirkorlik sub'yektlari, 8 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, 2 337 yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari, ya'ni yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 19 167 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unda jami 412 ta tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026