Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar koronavirusning hindcha va britancha shtammlarini yuqumlilik bo‘yicha taqqoslashdi
Angliya sog‘liqni saqlash boshqarmasi (Public Health England, PHE) olimlari koronavirusning hindcha shtammi Delta 2020 yil kuzida Britaniyada aniqlangan va Yevropada pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga olib kelgan Alpha’ga nisbatan 60 foiz yuqumliroq ekanini aniqlashdi.
«PHE’ning baholashicha, hozirda qo‘llanayotgan vaksinalar birinchi dozadan keyin Delta variantiga qarshi Alpha variantiga qaraganda 17 foiz kamroq samarali ekan. Biroq vaksinaning ikkinchi dozasi qo‘llangandan keyin samaradorlikning biroz pasayishi kuzatilgan. Bundan kelib chiqadiki, virusning Delta variantidan asosiy himoya to‘liq emlash, ya'ni ikki dozani kiritish hisoblanadi», deb aytilgan boshqarmada.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hindcha shtamm hozirda Britaniyada tez tarqalmoqda – uning ulushiga mamlakatdagi kasallanish holatlarining 90 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, mamlakatda kasallanishlar soni oxirgi kunlarda o‘syapti. O‘tgan hafta ushbu ko‘rsatkich 70 foizga oshgan va oxirgi ikki kun ketma-ket kasallanishlar soni 7 mingdan ortmoqda. Vaholanki, may oyida kuniga mingdan 2 minggacha yangi kasallanish holati qayd qilingan.
Mavzuga oid
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026